Erini ishga kuzatayotgan ayol diydiyo qilib debdi:
— Yana yarim tunda kirib kelasizmi?! Sizni deb uxlamay o‘tiraman!
Eri debdi:
— Yo‘g‘-ye! Tong saharda kirib kelaman. Qotib uxlab yotgan bo‘lasan.
Boks. Jangning 2-raundidan so‘ng bokschi hansirab treneridan so‘rayapti.
— Nima deb o‘ylaysiz, yuta olamanmi?
— Albatta yutasan! Agar qo‘llaringni shunday hilpirataversang, oxir oqibat qattiq shamollab yotib qolasan!
Bir qiz uyqudan oldin hayol surib yotibdi:
"Hozir qayerdadir man tanimagan bo‘lajak erim qaysidir qizga hayrli tun tilab sms yozayotgandir. Xa-xa, u o‘ylayaptiki o‘sha qiz uning kelajagi, xotini bo‘ladi deb. Chuchvarani hom sanabsiz azizim! Sizni katta syurpriz kutyapti!"
Bir musiqachining har kuni ishdan so‘ng klubga borib, yana musiqa tinglash odati bor ekan.
Bundan hayron bo‘lgan do‘sti undan so‘rabdi:
— Nega kuni bilan musiqa tinglaysan-da, yana kechqurun klubda musiqa tinglashga borasan? Bu senga nima uchun kerak?
U esa javob beribdi:
— Axir menga kuni bilan pivo ichishga berishmaydi-ku!?
— Besh yil uchrashib, sevishib yurganimizdan keyin u qiz menga "Do‘st bo‘lib qolaylik" desa bo‘ladimi... Tasavvur qilyapsizmi holatimni? Besh yil-a, besh yil!
— Bitta shapaloq solmadizmi shu gapiga?!
— Kechirasiz, siz aniq psixologmisiz?
Ikki dugona kitoblar haqida suhbatlashib o‘tirishibdi:
— Sen qanday mavzudagi kitoblarni o‘qishni yoqtirasan?
— Har xil mavzudagilarini. Ammo, qahramonlari ko‘p bo‘lgan kitoblarni o‘qishni yoqtirmayman!
— Nega?
— Qahramonlar ko‘p bo‘lsa, chalg‘ib ketaman.
— Unday bo‘lsa dugonajon, sen faqat “Robinzon Kruzo”ni o‘qishing kerak ekan!
Bir yigit ziqna do‘stidan qarz so‘rabdi:
— Eng yaqin do‘stingga ozroq pul berib tura olarmiding?
— Albatta! Ammo meni umuman yaqin do‘stim yo‘q!
Uy bekasi kundaligidan:
Bir payt ko‘chadan bir odamcha kirib keldi, hammayog‘i loy. “Sizni o‘g‘lingizman”, deb aytdi. Yuvib tozalaganimdan so‘ng ma’lum bo‘ladi endi. Lekin ovozi o‘g‘limnikiga juda o‘xshaydi...
Bugun “Odno”da bir qiz "Barcha yigitlardan nafratlanaman" deb yozibdi. Yaxshi qiz, men sizga nima yomonlik qildim, uyda choy ichib o‘tiribman-ku!
"Google"dan izlashga berilgan g‘alati so‘rovlar:
— Ko‘zi g‘ilay odamni qaysi ko‘ziga qarab gapirish kerak?
— 1 aprel hazillaridan keyin asabni qanday tiklash mumkin?
— Pasportdagi avatarkani (suratni) qanday almashtirish mumkin?
— U menga yozishi uchun qanday status qo‘yganim ma’qul?
— Vampirni men birinchi bo‘lib tishlab olsam nima bo‘ladi?
— Men yo‘g‘imda naushniklarimni kim chigal qilib qo‘yadi?