— Odamzod g‘alati-da!
— Nega?
— Agar osmonda 789301214756899 ta yulduz bor desang, ishonadi. Mabodo qayergadir «Ehtiyot bo‘ling, bo‘yalgan» deb yozib qo‘ysang, albatta barmog‘ini tekkizib, tekshirib ko‘radi.
Hozir oramizda yashayotgan ayrim boylar haqida keyinchalik bildiriladigan fikr:
“U shunaqangi xasisi edi-ki, bor boyliklarini barchasini o‘ziga vasiyat qilib qoldirdi”.
— Bizning institutda uch so‘zdan iborat qaysi gap keng tarqalgan?
— Men qayerdan bilay?
— To‘ppa-to‘g‘ri.
Psixolog ayol kishidan so‘rabdi:
— Qaysi ayol erini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi?
Ayol:
— Faqat yer qabul qiladi, - deb javob bergan ekan.

— Nechanchi yil tug‘ilgansan?
— 1999 yilda.
— Demak, 20 ga to‘libsan-da!?
— Yo‘q. 19 ga.
— Qanaqasiga?
— Bir yili tug‘ilgan kunimni nishonlamagandim.

Pitseriyada ofitsiant:
— Pitsangizni oltiga bo‘laylikmi yoki sakkizgami?
Xo‘randa:
— E, yo‘g‘-a! Sakkiztani yeya olmayman, to‘yib qolaman. Oltiga bo‘ling!

Odamlarni farishtadek ko‘rinishga urinishini ko‘rib, gunohkor bitta men ekanman deb o‘ylab qolaman...
Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan o‘g‘ilga otasi xabar yozmoqda:
“O‘g‘lim, bitiruv imtihonlaring qalay o‘tdi? Javobingni kutaman!”
O‘g‘li javob yozyapti:
“Imtihon zo‘r o‘tdi! Ustozimga yoqdi. Kuzda yana takrorlashimni so‘radi!”
Erkak kishi uch holatda ichadi:
1. Siqilganidan.
2. Xursandchilikdan.
3. Hammasi joyida bo‘lganda esa - zerikkanidan...
Shanba kunim sokin va yoqimli o‘tayotgandi. Bu shanbamas yakshanba ekanligini bilib qolmagunimcha...