— Yaxshi qiz, nimaga men sizni avvallari ko‘rmaganman?!
— Bilmadim. Balki sizni xudo asragandir...
Rus qiz o‘zbek oilasiga kelin bo‘lib tushibdi.
Oradan ko‘p ham vaqt o‘tmay qaynotasi olamdan o‘tibdi. Azaga kelgan ayollar kelinga “Sabr bersin” deyishsa, kelin ularga “Sizlarni ham yetkazsin” deyayotganmish.
Ikkita qiz bodring sotib olayotib gaplashib qolishibdi.
— Yeyishga ham olamizmi?
Shunda sotuvchi hayron bo‘lib:
— Qizim, bodringni yemasdan yana nima qilasizlar? – desa, qizlar:
— E, amaki qizig‘misiz!? Biz har doim bodringdan yuzimizga niqob tayyorlaymiz, - deyishgan ekan.
Meni ismim Davron. Lekin do‘stlarim mani drobovik (o‘qni sochib otadigan miltiq) deyishadi. Sababi oddiy: Meni ovqat chaynayotganimda aksiradigan odatim bor!
— Dada, oyim aytdilar-ki aroq qimmat bo‘lib ketibdi. Endi kamroq ichadigan bo‘larkansiz.
— Oying sal yanglishibdi o‘g‘lim. Endi sen kamroq yeydigan bo‘lding.
Bir sayyoh Bombey ko‘chasida adashib qolibdi. Shunda to‘g‘ridan bir barzangi, qop-qora yigit kelayotsa, haligi odam yonidagi ko‘chaga burilib qochmoqchi bo‘libdi. Shunda haligi barzangi yigit sayyohga:
— U yoqqa borma! Kiyimlaringni yechib olishadi, - desa, sayyoh barzangiga:
—Rahmat aka! Yaxshi aytdingiz. Qayoqqa boray? – debdi.
Barzangi:
— Shu yerda yechinaver, - degan ekan.
Bir bola adasi bilan yo‘lda ketayotsa, uzoqdan qizlar ko‘rinibdi.
Adasi:
— O‘g‘lim, qizlarni ko‘rdingmi? Ularni yonida meni “aka” deb chaqirgin, - debdi.
Bolakay:
— Havotir olmang ada. Oyimni ham ko‘chada “opa” deb chaqirishga o‘rganib qolganman, - dermish.
Jurnalist futbol terma jamoasi a’zosidan so‘rabdi:
— Siz bu kasbda nimalarga erishdingiz va kelajakda nima rejalaringiz bor?
— Men bu kasbim orqasidan Dubay, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Qatar va ...larga sayohatlar qildim. Kelajakda Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, ...
— Orzularingiz cheksiz ekan. Endi futbol mavzusiga qaytsak, - debdi jurnalist.
Xotin eriga debdi:
— Shu o‘lgur sigaretni chekmasangiz, hozir Malibuda yurgan bo‘lar edingiz...
Er xotiniga qarab turib javob beribdi:
— Sen chekasanmi?
— Yo‘q, - debdi xotini.
— Unda Malibu qani? – dermish.
"Faqat non bilan odamning qorni to‘ymasa kerak" - deb o‘ylagan oshpaz shashlikga ozgina go‘sht qo‘shib yuboribdi.