O‘qituvchi fasllar haqida gapirib, so‘rabdi:
— Olma uzishga qaysi vaqt qulay?
Sobirov javob beribdi:
— Bog‘bonning iti bog‘langan vaqt qulay.
Bir odam Afandidan:
— Afandim, ertalabdan beri boshim qattiq og‘riyapti. Nima qilsam ekan? - deb so‘rasa, Afandi javob beribdi:
— O‘tgan kuni tishim qattiq og‘riganda sug‘urib tashlagandim. Foydasi bo‘ldi lekin, - dermish...
Qaysidir bir chekka qishloqda kuniga 2 ta tuxum qo‘yadigan tovuq bor ekan.
Xo‘roz uni “yengiltak” deb katakdan haydab yuborgan ekan.
Yigit qizni yoniga kelib debdi:
— Yaxshi qiz kimsiz, qayerliksiz?
— Go‘zal pariman! Oydan tushdim…
— Unda yuzingiz bilan tushibsiz-a!?
Hammasi o‘sha paytlarda boshlangan edi: "Begim, men sizni qanday bo‘lsangiz shundayligizcha sevaman!"
To‘ydan keyin esa: "Chekmang!", "Ichmang!", "So‘kinmang!", "Qayerda yuribsiz?"...
Men bo‘lsam laqqa tushib o‘tiribman uni yolg‘on va’dalariga...
Matematik bilan fizik o‘rmonda sayr qilib yurishsa, oldilaridan och ayiq chiqib qolibdi. Ikkovi sarosimaga tushib matematik debdi:
— Ayiqni tezligi 20km/soat, og‘irligi 300kg, qochish befoyda, baribir yetvoladi...
Fizik bo‘lsa:
— Ayiq oshqozonining hajmi 20 kub.detsimetr. Odam hajmi 100 kub.detsimetr. Ayiqqa sen matematikni o‘zi bemalol yetadi. Qochib qolish kerak! – debdi.
Bir ayol bozordan to‘ti sotib olib, uyga kelgach qafasdagi to‘tiga qarab:
— Xo‘sh, rang-barang mahluq! – desa, to‘ti unga:
— Sen o‘zingni yuzingga surtib olgan ranglaring menikidan kam emas! – degan ekan.
Ba’zida shunday onlar bo‘ladiki, hayotingda katta o‘zgarishlar qilging keladi. Va..., yangicha shijoat bilan profilingdagi rasmni o‘zgartirasan. Endi sen o‘zgarganliging haqida bilib qo‘yishsin!
Ota:
— Onasi, shumtaka o‘g‘ling yerdagi qorni yeyapti!
Ona:
— Qor yemasin, tomog‘i og‘riydi!
Birozdan so‘ng, ota:
— Onasi, qor rostdanam shirin ekan!
Ona:
— Ha, yaxshi...
— Taksi bilan ot-aravaning nima farqi bor?
— Hech qanday farqi yo‘q!
— Nega?
— Chunki ikkalasi ham yo‘lni xohlagan joyida to‘xtab odam olib-tushiraveradi.