To‘xtamasdan uzoq yugurgan odamga soyasi debdi: “Buncha shoshilasan!? Dam olaylik!
Ko‘p ichib qotib qolgan odam ertasiga uchta narsaga qarashga qo‘rqadi:
1. Hamyoniga.
2. Ko‘zguga.
3. Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga.
Ideal insonni izlamang. Bugun manda dam olish kuni. Uydaman...
Alisher ismli bir odam gapiradigan to‘tiqush sotib olibdi.
Uyga olib kelsa hech gapirmasmush.
— Alisher dono degin, - deb to‘tiqushga bir hafta o‘rgatibdi. Baribir gapirmasmush.
Oxiri charchagan to‘tiqo‘sh tilga kirib:
— 8x6 nechi bo‘ladi Alisher? – debdi.
— Hayriyat-yey! Gapirding. Bilmadim nechi ekanini, - debdi haligi odam.
Shunda to‘tiqush:
— Shuni-yam bilmasang, nimangga Alisher dono deyishim kerak?! – dermish.
Restoranda ovqatlanib o‘tirgan mijoz yoniga ofitsiant yugurib kelib debdi:
— Iltimos, baliqni tezroq yeb tugatsangiz!
Mijoz:
— Nimaga? – debdi hayron bo‘lib.
Ofitsiant:
— Restoranimizga SESdan tekshiruv keldi, - dermish.
Har bir ayol ichida yana bir xonim yashaydi, biroq sizni u bilan keyinroq tanishtirishadi...
Go‘zallik salonidan chiqgan qizga bir yigit “gap otibdi”:
— Yaxshi qiz, sochingizga nechi pul berdingiz?
— So‘rab nima qilasiz? Baribir pulingiz yetmaydi!
— Ha endi, makiyajga pul yetmadimi deyman-da…
Davron yugurishni, ekstremal sport turlarini, adrenalinni, daraxtga chiqish-u, devordan oshib o‘tishni yoqtirmas edi. Biroq yangi ko‘chib kelgan qo‘shnining ikkita bulterer iti Davrondagi yashirin qobiliyatlarni ochib berdi...
Hammaning o‘z baxt formulasi bor. Masalan man xonam shipiga "Ertadan yugurishni boshlayman!" deb yozib qo‘yganman. Va har kuni ertalab uyg‘onganda bu yozuvga ko‘zim tushadi va "Hayriyatki bugundan emas, ertadan ekan!" deb xursand bo‘lib qo‘yaman...