Nazarboyev Tokayevga rulsiz mashina sovg‘a qildi.
Tokayev:
— Nursulton Abishevich, kechirasiz. Lekin men uni qanday boshqaraman?
— Sen muhimi gazni bos! Boshqarishni esa menga qo‘yib ber.
Bir kuni afandi yangi lagan sotib olib, uyiga ketayotib yo‘lda o‘ylab qolibdi: “Hozir bu laganni uyga olib borsam, bolalarim yerga tushirib sindirishadi. Keyin uni tuzatishga yana olib kelaman” debdi-da, laganni shartta yerga tashlab, sindirib, kulolga olib borib yelimlatib, keyin uyiga olib ketgan ekan.
Bir millioner yigitlarni chaqirib debdi:
— Orangizdan kimda-kim shu hovuzga sho‘ng‘ib, narigi tarafdan sog‘-omon chiqsa, unga yarim boyligim va go‘zal qizimni beraman. Faqat aytib qo‘yay, hovuz timsohlarga to‘la!
Shu payt bir yigit hovuzga tushib, narigi tarafidan chiqibdi.
Millioner kishi unga:
— Avval boyligimni ko‘rsataymi yoki qizimnimi? – desa, yigit unga:
— Oldin meni suvga itarib yuborgan ablahni ko‘rsating, - dermish.
Qo‘mondon Alparslon yigirma yetti ming kishilik askari bilan Vizantiya tuproqlarida olg‘a borar ekan. Razvedkaga yuborgan zobitlaridan biri ko‘zlari ola-kula bo‘lib kelib qoldi.
— Sultonim, — dedi u hansirab, — Uch yuz ming kishilik dushman askari bizga yaqinlashib kelmoqda.
Sulton Alparslon hech dimog‘ini buzmay javob berdi:
— Biz esa ularga yaqinlashib bormoqdamiz.
Lo‘li yigit mashina haydash bo‘yicha imtihon topshirmoqda.
Imtihon olayotgan GAI xodimi:
— Hozirgina qanday belgi o‘tib ketdi? – desa, lo‘li yigit:
— Misdan yasalgan ekan, ko‘rdim... – dermish.
O‘zbekona topishmoq:
Qaysi odam uyidan nima olib ketayotganini aniq biladiyu, nima olib kelayotganini aniq bilmaydi?
Javob: Biror bir yig‘inga tog‘ora ko‘tarib ketayotgan o‘zbek ayoli. Ketayotganida ichida nima borligini aniq biladi, qaytayotganda tog‘orasi ichida nima borligini aniq aytolmaydi.
Agar biror ayol kimsasiz orolga tushib qolsa-yu yonida sumkasi ham boʻlsa, ishonavering u yashab keta oladi!
Bolalar bogʻchasi:
— Bogʻcha opa, oʻrtogʻimga ayting, “Viz-z-z” etib u yoqdan bu yoqqa yuguravermasin... – debdi bolakay.
Bogʻcha opasi:
— Axir u mashina-mashina oʻynayapti-ku! Nima, senga uni “Viz-z-z” degani yoqmayaptimi? – desa, bolakay:
— Yoʻq, gazi yoqmayapti, - dermish.
Qari ayol Amerikaga boribdi. Bir kuni avtobusga chiqsa, yosh yigit joy beribdi. Qari ayol yoshligida nemis tilini o‘rgangan ekan. Thank you deyish o‘rniga, Danke deb yuboribdi.
Donkey nemischada rahmat degani. Inglizchada esa eshak degani.
Google da so‘zlarni tarjima qilib o‘tirgandim, “Qaynona” deb yozsam, “Ilon” deb tarjima qilib berdi.
Internetga ham ishonch qolmabdi!