Maktabdan ko‘zi ko‘karib qaytgan boladan onasi so‘rabdi:
— Buni kim qildi?
Bola:
— Kimligini bilmadim-u, lekin mana uni sochidan namuna, - deb qo‘lida bir tutam soch ko‘rsatibdi.
Maktabda ustoz so‘radi:
— Uyimizni nega toza tutishimiz kerak ekan?
O‘quvchilar javob berdi:
— To‘satdan mehmon kelib qoladi. Shuning uchun!
— Oyijon suv olib keling.
— Borib o‘zing olib kela olmaysanmi?!
— Oyi, suv deyapman!
— Hozir kaltak yeysan! Turgin-da, o‘zing olib kelib ich!
— Oyijon, kaltakka borganingizda suv ham ola keling...
— Doktor, rahmat sizga. Agar siz bo‘lmaganingizda 5 yil avval o‘lib ketgan bo‘lardim.
— Nimalar deyapsiz bemor?! Sizga rahmat. Agar siz o‘lib ketganingizda, men haliyam eski Matizni haydab, Kaptivani orzu qilib yurgan bo‘lardim.
Choyxonada erkaklar suhbatlashib o‘tirgan ekan, ulardan biri debdi:
— Mana sizlar, maoshingizdan qanchasini xotinga berasizlar?
Birinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 2 metrlik aylana chizamanda, pullarimni tyepaga otaman. Aylanani ichiga tushgani meniki, tashqariga tushgan pullar xotinimga bo‘ladi.
Ikkinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 3 metrlik aylana chizaman. Pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga sochilib tushganini xotinim terib oladi, tashqariga tushgan pullarni esa men olaman.
Uchinchi erkak kulib:
— Men hech narsa chizib o‘tirmayman! Pullarni shundoq havoga otaman. Xotinim havoda nechtasini ushlab ulgursa o‘shani oladi. Yerga tushgani hammasi o‘zimniki! - degan ekan.
Savol: Internetda suhbatdoshingizni ensasi qotganini qanday bilsa bo‘ladi? Axir yuzi ko‘rinmaydiku!
Javob: Hozir odat bo‘lgan biror gapga "Hmm" deb javob berish. Shu so‘zdagi “M” lar soniga qarab ensa qotish darajasini bilib olaverasiz..
Hmmmmm....
Ayrim sevishganlar bir-biriga shunday o‘xshashki hayollarida ham bir hil o‘ylashadi. Hattoki urushib qolgandayam: "San bo‘lmasang boshqasi!" Xullas, bir-biriga uzukka ko‘z qo‘ygandek mos bo‘lishadi...
Erkak do‘stiga dermish:
— Xotinimga nima deb va’da berganim aniq esimda yo‘q!
— Nima deb va’da berganding?
— Bir ryumka aroq ichib, soat sakkizda uyda bo‘laman deganmidim yoki sakkiz ryumka aroq ichib, soat birda uyga kelaman deganmidim???
Institutda so‘nggi para ketmoqda. Qorni och, charchagan talabalar o‘qituvchiga debdi:
— Ustoz, iltimos bizga ruxsat berib yuboring...!
O‘qituvchisi:
— Yo‘q.
Talabalar:
— Iltimos, juda charchadik.
O‘qituvchi:
— Shu doskaga yozayotgan mel qachon tugasa, shunda javob berib yuboraman.
Talabalar:
— Bering, biz uni yeb qo‘yamiz!
Chet ellik jinoyatchi tarjimon orqali so‘roq qilinmoqda:
— O‘g‘irlangan oltinlarni qayerga yashirding?
Jinoyatchi:
— Aytmayman.
Tarjimon:
— Aytmas ekan.
— So‘nggi martta so‘rayapmiz, oltinlar qayerda?
Jinoyatchi:
— Qo‘lingizdan kelganini qiling! Aytmayman!
Tarjimon:
— Aytmayman deyapti.
— Agar oltinlarni joyini aytmasang, seni otib tashlaymiz.
Jinoyatchi:
— Bo‘ldi, aytaman! Oltinlarni falon joyga yashirganman.
Tarjimon:
— Otib tashlayveringlar deyapti.