Yuqori qavatdagi qo‘shnim ertalab bolasiga shunaqa qattiq baqirdiki, men ham bir zumda xonamni yig‘ishtirib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim.
Bir erkak har doim xizmat safaridan qaytishda xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam, men bir soatda boraman, - deb qo‘yarkan.
Bir safar eri qo‘ng‘iroq qilmasdan, to‘ppa-to‘g‘ri uyga kelaveribdi. Eshikni ochib kirsa, xotini jazmani bilan o‘tirgan emish.
Sekin oyoq uchida ko‘chaga chiqibdi-da, qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam men yetib keldim, hozir uyga kiraman, - debdi. Kirsa, uyda xotinidan boshqa hech kim yo‘q! Shunda haligi erkak chuqur ho‘rsinib:
— Ikki "sent"ni tejayman deb, oilam buzilib ketay dedi-ya, - degan ekan.
Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.
Xudo ko‘rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo‘lsam...
Bir qiz vrach yoniga kelib:
— Doktor, go‘zallik ham bir dard emish. Shu rostmi?
Vrach:
— Xotirjam bo‘lavering. Siz soppa-sog‘siz!
Taksiga bir otaxon o‘tiribdi. Uch ming so‘mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so‘mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo‘q bo‘lib qolibdi.Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg‘urib yursa, kunlarning birida yana o‘sha otaxonni ko‘rib qolibdi.
— Men o‘sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo‘q bo‘lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, - desa, chol jahl bilan:
— Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to‘xtatasanmi?! Mashinadan to‘ppa-to‘g‘ri kolodetsga tushib ketgandim! - dermish.
Travmatolog vrach malaka oshiruvchi talaba bilan birga bemorni ko‘zdan kechiryapti. Vrach:
— Mana qarang, bosh suyagi lat yegan.
Talaba:
— Balki, bosh-miya suyagidir?!
Vrach:
— Esing joyidami? Miya bormi bunda?! Miyasi bor odam, xotinini tug‘ilgan kuniga jazmanini boshlab keladimi?! Mana endi, nima ahvolda yotibdi...
— O‘rtoq, universitetga miyang bilan kirdingmi?
— Ha, miyam bilan kirib, miyam bilan chiqdim!
Xotin eriga:
— Siz o‘tgan hafta do‘stlaringiz bilan choyxonaga borganmidingiz?
— Ha, albatta xotin!
— Bugun choyxonachi Gulya telefon qilib, sizni so‘radi!!!
Bir yigit boshqa shaharga borib, sartaroshxonaga kirib, soqolini oldirmoqchi bo‘lib o‘tiribdi. Shunda sartarosh sovunga tuflab, endi yigitni yuziga surtmoqchi bo‘lgan ekan, yigit:
— Iye, qizikmisiz?! Men myehmonman! Shunaqayam farosatsiz bo‘lasizmi? - desa, sartarosh:
— Ukam sen mehmonliging uchun sovunga tuflab, keyin yuzingga surtmoqchiman. Shu yerlik bo‘lsang, yuzingga tuflab, keyin sovun surtaman, - dermish!
Talaba adabiyotdan imtihon topshiryapti. Yozuvchini tug‘ilgan yili esida-ku, vafot etgan yili esida yo‘q ekan. O‘qituvchi:
— Yozuvchini vafot etgan yilini ayting!
Talaba:
— Uni o‘ldi deyishga tilim bormaydi. U men uchun doim tirik!