— Sevgi bo‘lmagan gap!
— Sevgi bor! Ana Malohatxon misol. Haqiqiy sevishni undan o‘rganish kerak.
— Esingni yeganmisan? Axir u to‘rt marta turmushga chiqdi. Sevishni kelib kelib undan o‘rganish kerakmi?! Tavba!
— To‘rt martta erga tekkan bo‘lsa ham, o‘ynashi hamon o‘sha bitta odam!
Xotin ishdan qaytgan erini yoniga kelib:
— Oylik oldingizmi? Bermaysizmi? - desa, eri:
— Bugunmas! Bugun charchadim, - dermish.
Ona o‘g‘lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? - desa, bolakay:
— Qonxo‘r ablah! - debdi.
Bir erkak do‘stiga:
— Xotinimga yana bir marotaba xiyonat qilsam, o‘zini o‘ldirishini aytdi.
Do‘sti:
— Endi xiyonat qilmayapsanmi?
— Endi bu hakda unga sezdirmayapman. Hozirgacha uni yetti marotaba o‘limdan saqlab qoldim.
Bir yigit pivoxonaga kirib bir bokal pivo ichib:
— Qancha berishim kerak? - desa, barmen:
— Uch yuz, - debdi.
Haligi yigit cho‘ntagidan bir hovuch tanga chiqarib, uch yuzini sanab, rastani ustiga sochib tashlab, chiqib ketibdi.
Barmen hayron qolaveribdi. Ertasiga o‘sha yigit yana kelib bir bokal pivo ichib, debdi:
— Pivo haliyam uch yuzmi?
— Ha, uch yuz!
Yigit cho‘ntagiga qarab:
— Mayda yo‘q ekan. Mana besh yuz! Ikki yuz qaytimini ber! - deb bitta besh yuztalik beribdi. Barmen ham kechagi qasdini olmoqchi bo‘lib, ikki yuz tiyinni polga sochib:
— Ana qaytimi, terib ol! - debdi.
Yigit bir barmenga, bir polda sochilib yotgan tiyinlarga qarab, cho‘ntagidan yuz so‘mlik tiyin chiqarib, rastani ustiga sochib tashlabdi-da:
— Menga yana bir bokal pivo, - dermish.
Bir haydovchi avtomobilida katta tezlikda ketayotsa, yo‘l chetida:
"Tezlikni 50km/s ga pasaytir!" degan yozuvni ko‘rib qolibdi. Darhol pasaytirib, biroz yurgach, yana yozuv chiqibdi:
"Tezlikni 20 km/s ga tushir!" Biroz yurgach, yana "10 km/s tezlikda hayda!". 10km/s tezlikda bir soat yurgan haydovchi, oxirgi yozuvga ko‘zi tushibdi:
"Toshbaqa" nomli bog‘imizga xush kelibsiz!"
Maktab yonidan o‘tuvchi mashina yo‘li chekkasidagi yozuv:
"Ehtiyot bo‘ling! Bolalar! Urib yubormang!"
Ushbu yozuv tagida bolakaylarning egri-bugri yozuvi qo‘shimcha qilingan:
"Biroz kuting! O‘qituvchimiz chiqadilar!"
Oddiy askar rota komandiriga shikoyat qilibdi:
— O‘rtoq komandir, meni boshqa qismga o‘tkazinshingizni surayman.
— Nima uchun? Biror sabab bormi?
— Bu qismda askarlar har kuni to‘y-to‘y o‘ynashadi. Meni qo‘limga etikni berib, to‘yni videoga oldirishadi.
— Yaxshimasmi? Har kuni to‘y ko‘rasan...
— Yaxshilikka yaxshi, lekin ertasiga to‘yni diskini so‘rashadi-da...
Qiz:
— Meni sevasizmi?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Menga uylanasizmi?
Yigit:
— Yo‘g‘eye! Mening sevgim abadiy!
Bir erkak ishdan uyga kelib:
— Meni go‘zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.