— Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi? Nega mashinamni oldida yugurib ketyapti?
— Mashinani piyodalar yo‘lagidan emas, mashinalar yuradigan yo‘ldan haydasang yaxshi bo‘lardi.
Bir yigit mafiya boshlig‘ini qizini sevib qolibdi. Bundan xabar topgan otasi xizmatkorlariga yigitni ushlab kelishlarini buyuribdi.
— Meni qizimni tinch qo‘yasanmi?
Yigit:
— Men uni sevaman!
Otasi:
— Darhol bunga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlariga ayollar bo‘yoqlarini surtib, mahallasiga tashlab ketinglar!
Barzangi xizmatkorlar mashinada olib ketayotishsa, bola yalina boshlabdi:
— Yigitlar, iltimos, meni qo‘yib yuboringlar. Unday ish qilib, sharmanda qilmanglar, axir men o‘g‘il bolaman-ku! Keyin mahallada qanday qilib bosh ko‘tarib yuraman?!
Mashina biroz yurgach, bir barzangini telefoni jiringlabdi:
— Labbay xo‘jayin!
— Qizimni yana bitta oshig‘i bor ekan. Yo‘l-yo‘lakay uni ham qo‘shib olinglar! Uni yaxshilab do‘pposlab, tanib bo‘lmas qilib, kimsasiz joylarga tashlab ketinglar! - debdi qizning otasi. Buni eshitgan oshiq yigit xushyor tortib:
— Iltimos akalar, menga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlarimga ayollar bo‘yoqlarini surtib, mahallamga tashlab ketasizlar! Tag‘in anavi ikkinchi bola bilan adashtirib yubormanglar, - dermish.
Usta ishni tugatib:
— Xizmat hakiga aroq bering.
— Pul bersam bo‘lmaydimi?
— Pul olishdan qo‘rqaman. Pul bersangiz ichib qo‘yaman...
Uchta yigit bir kunda uylanibdi. Bir haftadan keyin yigitlar choyxonada yig‘ilishibdi.
Birinchi uylangani Malibu haydab kelibdi. Ikkinchisi yangi uy olganini aytibdi. Uchinchisidan:
— Senga qaynotang nima olib berdi? - deyishsa, yigit:
— Meni xotinim ovqat qilish, kir yuvish, dazmol qilish, xullas hamma ishlarni bilar ekan, - debdi.
O‘qituvchi so‘rayapti:
— Ho‘sh Asad, do‘sting sendan 5000 so‘m pul olib, 4000 so‘mini sarfladi. Senga necha pul qaytaradi?
— Bir so‘m ham qaytarmaydi, ustoz!
— O‘tir joyingga, bahoing "ikki"! Matematikani umuman bilmaysan!
— Yo‘q ustoz, siz meni do‘stlarimni mutlaqo bilmas ekansiz...
Vagon kuzatuvchisi Gulmira yo‘lovchilardan charchagan vaqtida, ularning choyiga uyqu dori qo‘shib beradi.
Agar-da zerika boshlasa, "Ummon"ni qo‘shiqlarini qo‘yib beradi.
Er-xotin aylangani chiqishsa, yo‘lda tilanchi o‘tirganmish. Er tilanchiga sadaqa berib, undan so‘rabdi:
— Chekasizmi?
— Yo‘q.
— Ichasizmi?
— Yo‘q ichmayman.
— Jazmaningiz-chi bormi?
— Yo‘q, - desa, haligi er xotiniga qarab:
— Ko‘rdingmi, ichmagan, chekmagan, yurmagan erkakni ahvoli nima bo‘ladi?! - dermish.
Bir yigit o‘z xonadonida o‘tirgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi. Eshikni ochib qarasa, bir qiz turibdi. Yigit:
— Keling, xizmat? - desa, qiz:
— Kechirasiz, men ro‘paradagi uydanman. Siz har kuni durbinda meni kuzatib turgan xonadonda yashovchi qizman. Ayting-chi, kecha men telefonimni naushniklarini qayerga tashlab ketdim? - dermish.
— Oyijon, skleroz nima u?
— Nimani so‘rading o‘g‘lim?
— Qachon?
— Kimsan hoy bola?!!
Bir yigit ko‘chaga chiqsa tobutni qiyshiq ko‘targan olomon kelayotgan emish. Tobutni oldida to‘n, do‘ppi kiyib, yaqin do‘sti yig‘lab kelayotgan emish. Haligi yigit yugurib do‘stini oldiga borib, hol-ahvol so‘rabdi:
— Qaynonamdan ajralib qoldim do‘stim, qaynonamdan!
— Tushunarli, unda nimaga tobutni qiyshiq ko‘tarib ketayapsizlar?
— Tobutni to‘g‘ri ko‘tarsak, hurrak otib yuborayapti-da!