— Mushukchani quloqlari nechta bo‘ladi?
— Ikkita.
— Oyoqlari-chi?
— To‘rtta.
— Dumi nechta bo‘lishini ayta olasan-mi?
— Oyi, bu tentak amaki umrida mushuk ko‘rmaganmi...?!
— Allo, bu folbinmi? Chorshanba kuniga yozib qo‘ya olasizmi? Qabulingizga bormoqchi edim.
— Buni iloji yo‘q, - debdi folbin.
— Nima uchun?
— Chunki siz seshanba kuni oyog‘ingizni sindirib olasiz!
Mana hujumchilarimiz raqib jamoasi darvozasini mo‘ljalga olishmoqda va zarbaaaaaa! Gooooooooooooooool urolmadi!
— Kap-katta qiz ekansan. Nega yig‘layapsan?
Qizaloq:
— Nima ishingiz bor. Yo‘qoling bu yerdan! - debdi.
Haligi odam yana:
— Kichkina bo‘la turib, bunaqa yomon so‘zlarni qayerdan bilasan?
Qizaloq:
— Tushunmadim. Bir kap-katta deysiz, bir kichkina deysiz...?!
— Bordim. Uydagi botinkalarimning ham rangi shunaqa, har xil ekan.
Barcha talabalar imtihon javoblarini topshirib ketishibdi. Haligi talaba hali ham tanga tashlab o‘tirganmish. Domlani sabri chidamay, talabani yoniga borib:
— Imtihon vaqti tugadi. Javoblarni belgilashga ulgurdingizmi, - desa, talaba:
— Ha ulgurdim, - debdi, - qayta tekshirib chiqyapman, - dermish.
— Keyingisi seni navbating! - deb yurarkan.
Uni nabirasi ham buvisini odatini o‘rganib olib:
— Siz keyingisi, endi navbat sizga! - deb yuradigan bo‘lib qolibdi. Faqat bu gapini janozalarda aytar ekan...
— Seni seyfingni kodi nechi?
Boy:
— Seyfimni kodini nima qilasan?
O‘g‘ri:
— Agar esingdan chiqib qolsa, senga aytaman.
Boy:
— Kodini bir daftarga yozib qo‘yganman.
O‘g‘ri:
— Daftaring qayerda?
Boy:
— Seyfimni ichida.