Qari chol-kampir radiopriyomnik sotib olishibdi. Elektrga ulab, qarab turishsa, ishlamabdi. Birozdan so‘ng tutun chiqishni boshlabdi.
— Gapirmayapti-ku?! - debdi chol.
— Hozir chekib olsin, keyin gapirar, - dermish kampir.
Er-xotin va qizi ovqatlanayotgan ekan, onasi qiziga:
— Qizim senga nima bo‘ldi? Juda xomushsan, ovqatingni yegin, - desa, eri xotiniga:
— Shuniyam bilmaysanmi? Qizingni erga berish kerak, - debdi. Oyisi yana qiziga:
— Ol qizim, ovqtingni yegin, kasal bo‘lib qolasan axir, - desa, eri yana xotiniga:
— Buningni dardi ma’lum, erga berish kerak! - debdi.
Onasi yana qiziga:
— Qizim hozir ovqating sovub qoladi, - desa, qizi:
— Uf-f-f oyi, birpas jim turing! Dadam gapirsinlar! - dermish.
Qulog‘i eshitmay qolgan otaxon vrach qabuliga kelib uchragan ekan. Vrach unga no‘xatday keladigan Yaponiyada ishlab chiqarilgan apparatni cholning qulog‘iga o‘rnatib beribdi. Orada bir oy o‘tib, vrach choldan xabar olish uchun qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Otaxon, apparat yaxshi ishlayaptimi? Oila a’zolaringiz nima fikrda? - desa, chol kulib:
— Hammasi yaxshi. Uydagilar eshita boshlaganimni bilgani yo‘q. Lekin bir oy ichida vasiyatnomamni uch martta o‘zgartirdim..., - dermish.
Maktabda dars boshlanib, o‘qituvchi o‘quvchilarga debdi:
— Hozir oraliq imtihon topshirasizlar!
Bir o‘quvchi:
— Kalkulyatordan foydalansak bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Ha bo‘ladi.
Yana bir o‘quvchi:
— Mendeleyev jadvalidan-chi?
O‘qituvchisi:
— Albatta mumkin! Demak, yozib oling, imtihon mavzusi: "Ikkinchi jahon urushi".
Haydovchilar yo‘lda biror xavf bo‘lsa, avtomobil chiroqlarini yoqib-o‘chirib boshqa haydovchilarni ogohlantirishadi. Yo‘llarimizda eng ko‘p uchraydigan xavfni bilishadi. DAN xodimini ko‘rib qolishsa...
— Oyijon, bitta tish yuvish vositasini surtib chiqsak, nechi metrgacha yetishi mumkin?
— Bilmadim qizalog‘im...
— Hammomdan oshxonagacha nechi metr chiqadi? Shuni bilsangiz bo‘ldi.
Shifokor qabulida bemor:
— Doktor, ba’zan shunaqa holatlar bo‘ladiki, men odamlar bilan suhbatlashayotganimda, juda ko‘p gapiraman. Keyin o‘ylanib qolaman. Gaplarimni hayolimda gapiryapmanmi? Ovoz chiqarib aytyapmanmi? Bilmay qolaman. Siz bunga nima deysiz? - desa, doktor bemorga biroz tikilib:
— Gapirasizmi yoki shunaqa jim o‘tiraverasizmi? - dermish.
— Azizim, men bilan tanishmasingizdan avval, kimnidir parvarish qilganmisiz?
— Ha, qishloqda, sigirlarni parvarishlaganman.
Askar chegara buzg‘unchisini qo‘lga olibdi. Buzg‘unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o‘tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg‘unchini qo‘lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo‘lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o‘tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o‘tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo‘lni yaxshi bilishadi-ku!
Bir tanishim gapirib berdi. U ishxonada biror qiyinchilikka duch kelsa, cho‘ntagidan xotinini suratini olib, qarab qo‘yarkan-da, darhol tinchlanarkan.
Xotinini suratiga qarab shunday der ekan:
"Yetti yildan beri shu shallaqi, janjalkash, vaysaqi bilan yashab kelyapman-ku, ishxonadagi qiyinchiliklar buni oldida nima bo‘pti?! Hammasi joyida!"