General bir guruh praporshikning zehnini sinovdan o‘tkazmoqda:
— Ostonada bir juft qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Sukunat.
— Eh galvarslar! Bir juft botinka! Endi qiyinroq savol byeraman: eshik yaqinida to‘rtta qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Yana sukunat.
— Eh sen, kallavaramlar! Axir bu ikki juft botinka-ku. Xo‘p, mayli, yanada qiyinroq savol beraman: botqoqda yashaydi, rangi yashil, vaqirlagani-vaqirlagan.
Nihoyat praporshiklardan biri qo‘l ko‘tarib:
— Uch juft botinka, o‘rtoq general, - dermish.
Kema cho‘kib, faqat uch kishi omon qolishibdi.
Negr, yapon va rus. Uchchalasi suzib, bir orolga borishibdi. Qarashsa, orolda bir yashik aroq turganmish. Uni ustiga esa "Tilak aytib ichsangiz, albatta bajo keltiriladi" deb yozilgan ekan.
Negr:
— Sog‘-omon uyga qaytishni istayman, - debdi-yu, ichib oroldan yo‘q bo‘lib qolibdi.
Yapon:
— Meni ham uyga qaytar, - deb ketibdi.
Rus esa aroqni olib:
— Bir yashik aroqni kim ichadi? Yapon va negrni qaytar, - deb ichib yuboribdi.
Tog‘da yashaydigan bir odam zebra sotib olibdi va qo‘shnilariga maqtanish uchun zebrani minib qishloqni aylanib yursa, bitta qo‘shnisi:
— Men ham minib ko‘rsam maylimi? - deb so‘ragan ekan,
— Mayli, - deb, unga zebrani beribdi. Qo‘shnisi zebrada bir aylanib kelib:
— Inomarka baribir boshqacha-da... - dermish.
— Oyijon, avtobusda bir ayolga joy berayotgan edim, u menga konfet uzatdi.
— Sen-chi, nima qilding?
— Konfetni olib, yana o‘rnimga o‘tirib oldim.
— Nega?
— Boshqasidan ham konfet olishim kerak-ku!
Tug‘ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo‘ladigan og‘riqlarning yarmini bolaning otasiga o‘tkazib qo‘yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo‘lgach, tongda uni ko‘rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo‘q, qo‘shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Bir kuni komandir qozok, rus va tojik askarlarni olib ovga boribdi. Komandir har bir askarga quyon ovlab kelish uchun vaqt beribdi.
Qozoq va rus o‘z vaqtida quyon ovlab kelibdi. Lekin tojikdan darak yo‘q emish.
Borib qarashsa, tojik bir bo‘rini tutib olib:
— Komandirga quyonman deb aytasan, - deb o‘rgatib turganmish.
Ikkita odam poyezd kupesida ketmoqda.
Biri ikkinchisiga:
— Karta o‘ynamaymizmi?! Yo‘l olis...
— Men karta o‘ynashni bilmayman-da.
— Men ham deyarli bilmayman! - deb cho‘ntagidan kartani chiqarib, ikki-uch martta aralashtirishdi-da, birdaniga:
— Voy, bu yerda ikkita karta yetishmayapti. Valet g‘isht va qirol qarg‘a...!
Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o‘g‘irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O‘ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o‘sha ablah o‘g‘ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo‘lgandim. Iflos qilgim kelmadi.
— Allo, bu hayvonot bog‘imi?
— Ha, nima gap?
— Xonadonimda ilon o‘rmalab yuribdi!
— "Hayvonlarni himoya qilish jamiyati"danmisiz?
— Yo‘q!?
— Ekologik harakat a’zosimisiz?
— Aslo!?
— Unda nimaga belkurak bilan ilonga tushirib qolmadingiz???