Sud zalida er-xotin ajrashishmoqda.
Xotin:
— U bilan boshqa yashay olmayman! Erim uyda qo‘y boqyapti. Nafas olib bo‘lmaydi...
Sudya:
— Derazalarni ochib shamollatib tursa bo‘ladi-ku...?! Shunga ajrashish shartmi?
Xotin:
— Nimalar deyapsiz janob sudya!? Axir meni ilonlarim o‘rmalab tashqariga chiqib ketishadi-ku...
— Yaxshi qiz, men sizni qanday topib olsam bo‘ladi?
— Juda oson! Bo‘yim 167 sm, vaznim 54 kg.
— Bo‘ldi. O‘zim bilan tarozi va metr olib yuraman.
O‘qituvchi o‘quvchilarga:
— Kim 2 yoki 3 baho olsa, to‘g‘ri do‘zaxga tushadi. Kim 4 yoki 5 baho olsa, jannatga...
— Vali o‘rnidan turib:
— Ustoz maktabni tirik tugatishga umid bormi?
Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi tortlarga buyurtma berish urf bo‘lmoqda. Qandolatchilarni fikricha, ko‘pchilik erkaklar xotinining tug‘ilgan kuniga bosh miyasi shaklidagi tortlarni buyurtma qilishmoqda. Tort ustiga esa, "Meni miyamni yeb tugatmasdan, shuni yeb tur!" degan yozuv yozdirishmoqda.
Stomatolog qabulxonasi. Ichkaridan baqirgan, "dod-voy" ovozlari eshitilib, xonadan bir odam chiqib kelibdi.
Boshqa bemorlar:
— Qattiq og‘ritarkanmi?, - deb so‘rashsa,
Haligi odam og‘zidan ikkita uzilgan barmoqni olib tashlab:
— Bilmiman, men baqirmadim, - dermish.
Yosh qiz otasiga:
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so‘zni unutdingmi qizim...? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo‘lib:
— Jamila? Bu nima deganing? - desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi... - debdi.
Otasi o‘zini yo‘qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g‘ilof ham kerakmi...? - dermish.
Ko‘chada ketayotgan yengiltak ayol bir erkakka qarab:
— Siz meni beshinchi erimga juda-yam o‘xshar ekansiz...!? - debdi
Erkak hayron bo‘lib:
— O‘zi erlaringiz nechta bo‘lgan? - deb so‘rasa, ayol:
— To‘rtta, - dermish.
Bir odam doktorga borsa,
— Kasalingizni da’vosi turp. Ko‘proq turp yeng!, - debdi.
Haligi odam ko‘chaga chiqib turp sotib o‘tirgan odamni hamma turpini sotib olibdi-da, sal nariroqqa borib tursa, turppurush telefonni olib:
— Allo, turp tugadi. Hozir bir qop sholg‘om keladi, - dermish.
— Meni eng yaqin do‘stimni nega sharmanda qilding? Seni sinf rahbaring bilan hiyobonda qo‘l ushlashib o‘tirganini hammaga gapirib berish shartmidi, o‘g‘lim?
— Sinf rahbarimni o‘zlari iltimos qildilar-da!
— Qanaqasiga axir?
— Ahmedov, nega orqa partada xingillab o‘tiribsan. Doskaga chiqib sababini ayt! Bizlar ham kulaylik, - dedilar o‘qituvchim. Keyin men gapirib berdim...
Ota-bola hayvonot bog‘iga kelishibdi. Bir payt bolakay baqira boshlabdi:
— Ada-ada qarang, shimpanze!
— Yur, shimpanzeni nariroqda ko‘rsataman. Bu kassir, o‘g‘lim!