Hind kinolaridagi qahramonlardan o‘rnak olish kerak! Bir talay muammosi bo‘la turib, ashula aytib, raqs tushib yurishadi-ya...
Professor tibbiyot talabalariga murdani ko‘rsatib so‘ramoqda:
— Ho‘sh Naimullo, bu murda nima sababdan vafot etgan?
— Domla, infarktdan o‘lgan.
— Adashding! Ravshanbek sen ayt-chi?
— Domla, u aroqni ko‘p ichganidan jigari shishib o‘lgan
— Qoyil Ravshanbek. Qayerdan bilding buni?
— Nahotki qo‘shnimiz Xayrullo amakini tanimasam...!?
Botanika o‘qituvchisiga o‘quvchi savol beribdi:
— Daraxtlar yordamida shimol va janub tomonlarni qanday bilib olsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Juda-yam oson-ku! Archa-shimol, palma esa janub.
— O‘g‘lim, senga sovg‘a qilgan ov miltig‘i qani?
— Sotib yubordim. Puliga esa qo‘limga soat oldim.
— Ahmoqmisan?! Endi quyon oviga borsang, soat nechida oldingdan quyon yugurib o‘tganiga qarab yurasanmi?!
— Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...!
Bitta jinni qo‘lida boltani ushlab olib, xursand yursa, shifokor:
— Nimaga xursandsan? - debdi.
Jinni:
— Palatadagi sherigimni boshini uzib, berkitib qo‘ydim. Uyg‘onsa, rosa izlaydi, - degan ekan.
Hozirgi kunda barcha xonadonlarda ertalabki nonushtani faqat telefon va noutbuklar yeyishadi. Faqat ular dasturxon atrofida emas, elektr toki atrofida qornilarini to‘ydirib olishadi.
Er xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Xotin, qayerlarda bo‘lishni orzu qilar eding? Dengiz bo‘yidami yoki bahavo o‘rmonzorlardami? – deb so‘rabdi.
Quvonchi ichiga sig‘magan xotini:
— Albatta dengiz bo‘yida, dadasi! Sayohatga yo‘llanma olyapsizmi? – desa,
— Yo‘g‘-e, xojatxona uchun osvejitel tanlayapman, – dermish.
Zamonaviy oliftagarchilik bu:
Qo‘lida ayfon telefon, lekin hisobida pul yo‘q!
Kaptiva avtomobili bor, lekin benzinga pul yo‘q!
Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o‘qiy olish mumkin bo‘ladi.