Xotin eriga javray boshlabdi:
— Sizga nechi martta aytaman, ichimlik olayotganingizda qarang, sharbatlarga 100 foiz deb yoziladi.
Gazli ichimliklarga 50 yoki 80 foiz deb yoziladi. Nektarlarga 40 foiz deb!
Eri xursand bo‘lib:
— Ana aytdim-ku xotin, aroq - bu nektar deb, - dermish.
— Bir daqiqa kulgu umrni besh daqiqaga uzaytirishi rostmi?
— Bu kimni ustidan kulishingga bog‘liq...! Boshqa umuman kulmasliging ham mumkin...
O‘zbek, qozoq, qirg‘iz dalada shashlik qilib o‘tirishsa, dev kelib qolibdi.
— Hozir uchchalangni ham yeyman. Faqat kimdan boshlashni aniqlab olishim uchun, hozir anavi ko‘rinib turgan tepalikka yugurib borib, orqaga qaytasizlar. Kim oxiri qaytsa, yeyishni o‘shandan boshlayman, - debdi.
Uchchalasi yugurib ketibdi. Birinchi qozoq, ikkinchi bo‘lib qirg‘iz qaytib kelibdi.
Dev:
— Demak, birinchi o‘zbekdan boshlar ekanman, - desa, qirg‘iz devga qarab:
— O‘zbek kelmasa kerak. Tepalikni orqasiga o‘tib, uyiga ketvardi, - dermish.
Bugun ishxonaga mo‘ylovimni bo‘yab kelsam, qosh chizib olgan ayollar rossa ustimdan kulishdi ... Qanday adolatsizlik!
Bobosi nabirasiga ikkinchi jahon urushi yillaridagi sarguzashtini aytib beribdi:
— Bir kuni nemislar bilan jangda mag‘lubiyatga uchradik va yashirindik.
Nemislar mard bo‘lsanglar chiqinglar deyishgandi, hech kim chiqmadi. Shunda men shartta chikdim.
Nabirasi:
— Keyin nima bo‘ldi? - debdi.
— Meni nemislar otib tashlashdi, - dermish bobosi.
Kafeda ovqatlanib o‘tirsam, yonimga bir yigit kelib, — Sizni o‘rningizga men to‘lasam maylimi? - degan edi
Sumkamdan gaz, suv, elektr energiyasi uchun kvitansiyalarni olib, qo‘liga tutqazdim!
— Ustozing senga qo‘shimcha savol ham berdimi?
— Ha.
— Nimani so‘radi?
— Tentakmisan? dedi.
— Odil ayt-chi, Pushkinning "Tatyanaga maktub" asarini o‘qib keldingmi?, - so‘rabdi o‘qituvchisi.
— Yo‘q!, - debdi o‘quvchi.
— Nega?
— O‘zingiz aytgansizku, "Birovni maktubini o‘qish yomon odat" deb, - dermish.
Afrosiyob poyezdida Buxoroga ketayotgan yo‘lovchi yoniga nazoratchi kelib debdi:
— Sizni biletingiz oddiy poyezd uchun. Bu - tezyurar poyezd. Marhamat qilib qo‘shimcha to‘lov qilsangiz!
Yo‘lovchi pinagini buzmay:
— Men shoshilayotganim yo‘q. Mashinistga ayting, sekinroq ketaversin!!!
— Do‘stim, meni eng qo‘rqinchli suratim - bu pasportimdagisi bo‘lsa kerak?
— Yo‘q, pasportingni "kserokopiya"sida undanam hunukroq!