Afandi o‘g‘li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o‘tib qolibdi. O‘g‘li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Nima dada, u amaki kalligini o‘zi bilmaydimi?, - dermish.
Ishchi kassa yonida:
— Maoshimni "son" bilan yozaymi "so‘z" bilan-mi?
— Qancha olyapsiz?
— 250 ming so‘m.
— Unday bo‘lsa, ko‘z yoshlar bilan yozing!
Er-xotin gaplashib o‘tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so‘rashsa, uyda yo‘qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go‘shagini ko‘tarib:
— Allo, yo‘q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo‘q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo‘lmadiku, - dermish.
Maktabda o‘qib yurganimda dam olish kunlarini orziqib kutardim. Yakshanba — dam olardim.
Institutda o‘qigan paytimda menga baribir edi. Chunki faqat sessiya vaqtida o‘qirdim.
Hozir menga umuman farqi yo‘q. Chunki bir yilda 365 kun ishlayman.
Yarim kechasi kiyimsiz, yalong‘och odam barga kirib, aroq so‘rasa, sotuvchi unga qarab turganmish.
Shunda boyagi odam:
— Nima?, Yalong‘och odam ko‘rmaganmisan?, - desa, barmen:
— Yo‘q, shunchaki, pulni qayerdan olib berishingizni o‘ylayapman, - dermish.
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:
— Men olmadim ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Soliyev Afrikani menga topib ber!
Soliyev:
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi:
— Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
Er-xotin supermarketdan ikkita aravachani to‘ldirib, xarid qilishibdi. Kassani yoniga kelishsa, xotini:
— Voy adasi shoshmay turing! Hojatxona qog‘ozini unutibmiz. Hozir ELMA dan olib chiqay desa, harajatni ko‘rib, jahli chiqib turgan eri:
— Kerakmas, hozir chek qog‘ozi ellik metr bo‘ladi, - dermish.
— Salom o‘rtoq! Bandmasmisan?
— Yo‘g‘-ye, bo‘shman, ishdaman!
Ikkita jinni kasalxona tomiga chiqib olib, — “O‘n bir, o‘n bir”, - deb baqirar emish. Bosh vrach pastda turib:
Hoy, nega baqiryapsizlar?, - desa, jinnilar:
— Bu yoqqa chiqing, aytamiz, - deyishibdi.
Bosh vrach tomga chiqishi bilan, jinnilar uni pastga itarib yuborishibdi-da:
— O‘n ikki, o‘n ikki, - deb baqira boshlashibdi.
O‘qituvchi “Yashash uchun kurash” mavzusida dars o‘tmoqda:
— Aytinglar-chi, kimsasiz orolga o‘zingiz bilan nima olib ketgan bo‘lardingiz?
— Men och qolmaslik uchun bir qop bug‘doy olib ketardim, - debdi Ma’ruf.
— Men esa bitta xizmatkor va sharob tayyorlash uchun uzum ko‘chatini olib ketgan bo‘ladim, - dermish Sharif.
Shunda Xamid o‘rnidan turib:
— Men orolga o‘zim bilan Ma’ruf va Sharifni olib ketgan bo‘lardim, - degan ekan.