Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Dugonajon, kechasi "Gap"ga borishga eringdan qanday qilib ruxsat olding?
— Buni yo‘li oson! Ko‘pikli vanna qilib berdim-da, chiqib ketdim.
— U shunga ko‘ndimi?
— Ko‘pikni qurilish mollari do‘konidan sotib olgandim-da!
— Avtobusga chiqsam, bir ayol supurgi ko‘tarib chiqib qoldi. "Nima, uchmayaptimi"?, deb yuboribman ...
Bir boyning kambag‘al qo‘shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag‘al qo‘shnisini devoridan mo‘ralasa, kambag‘al ko‘zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag‘al qo‘shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o‘tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko‘rgan boy yugurib chiqib qo‘shnisiga:
— Shu ko‘zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag‘al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko‘zani unga beribdi.
Boy xursand bo‘lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko‘zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo‘q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.
Bir yigit do‘stiga telegramdan:
— Endi qog‘oz xatlar orqali gaplashsak nima deysan?, - deb yozibdi.
Ancha tanaffusdan so‘ng unga javob kelibdi:
— Nima Alisher, qamoqqa tushdingmi?
— Allo, adasi, qayerdasiz?
— Bekatda, avtobus kutyapman...
— Tezroq keling!
— Xo‘p, sal tezrok kutaman!
— O‘zbekistonda bitta yigitga uchta qiz to‘g‘ri kelarkan.
— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Meni qizim yo‘q! Qaysidir xotinboz oltita qiz bilan yuribdi.
— Kasbing nima?
— Bekorchiman!
— Unda qo‘shiqchi bo‘laqol!
— Yo‘g‘-ye, unchalik bekorchi emasman...
— Ikki yildan beri metroda ishga qatnayman.
Bitta homilador ayol tilanchilik qilib o‘tiradi. Yo tavba, ikki yildan beri tug‘mayapti-ya...
— Sobir, nega maktab remontiga pul olib kelmading?
— Men maktabni hech qayerini buzmadim-ku!?
Xotin kechasi ichib kelgan mast erini o‘rniga yotqizmoqda:
— Azizam, shiftda uchib yurgan nima?
— Pashsha-ku!
— Nega u oppoq?
— Hozir kechasi bo‘lsa, tungi ko‘ylagini kiyib olgandir-da!