Telefonda tanishib qolgan yigit va qiz suhbatlashishmoqda:
— Yaxshi qiz, bo‘yingiz balandmi?
— Bo‘yim 145 santimetr.
— Voy, jajjigina malika ekansiz-da... Vazningiz-chi?
— Vaznim undan ham kamroq 130.
Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o‘qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o‘qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o‘girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
— Do‘stim, eshitishimga qaraganda, qizing fortepiano chalishni o‘rganayotgan emish. Xo‘sh, muvaffaqqiyatlar qanday?
— O-o, gap yo‘q! U tufayli ikkita qo‘shnimning hovlisini arzon-garovga sotib oldim.
Teatrga kelgan er-xotin antrakt (tanaffus)dan keyin qorong‘ida joylarini topa olmay, tomoshabinlardan biriga:
— Kechirasiz, chiqishda sizni oyog‘ingizni bosib olganmidim?
— Ha!
— Bizni joyimiz shu qatorda ekan, o‘tib ketsak maylimi?
Ota-onalar majlisida maktab direktori:
— Hurmatli ota-onalar! Sizlardan iltimos, qizlaringizni “O‘qishga kira olmasang, erga berib yuboraman” deb qo‘rqitmanglar! Bilgan savollariga ham noto‘g‘ri javob berishmoqda.
— Sizning pul to‘plash imkoniyatingiz bormi?
— Imkoniyatim bor, lekin pulim yo‘q-da ...
— Eshitdingmi? Doniyor mashina olibdi!
— O, zo‘r-ku! Qanakasidan?
— «D» harfidan boshlanadiganidan.
— «Damas»mi?
— Yo‘q.
— «Dogan»mi?
— Yo‘q. Dab-dalasidan! Besh martta urilgan.
Ikki dugona suhbatidan:
— Hayotingda biror erkakni ko‘rganingda, badaning jimirlab ketganmi?
— Ha, kuni-kecha shunaqasi bilan uchrashdim.
— Kim ekan u?
— Stomatolog yigit ...
Bir yigit tabibga borib:
— Negadir meni gapimni hech kim eshitmayapti. Uydagilar, ishxonadagilar, ko‘chadagilar, hech-kim... Siz biror chorasini topa olasizmi deb yoningizga keldim, - desa, tabib:
— Gapirsang, tezroq gapir uka. Meni vaqtimni olma!, - dermish.
Bir yigit uylanmoqchi bo‘lib, onasiga uchta qizni ko‘rsatibdi-da, — Onajon, toping qaysi biri keliningiz?, - desa, onasi:
— O‘rtadagisi, - debdi.
Yigit hayron bo‘lib:
— Qayerdan bildingiz?, - desa, onasi:
— Shunisiga qarasam, asabim buzilyapti, - dermish.