— Sizni bo‘limingizda nechta xodim ishlaydi?
— Rahbar bilan o‘n ikkita.
— Rahbarsiz-chi?
— Birortasi-yam ishlamaydi.
Er xotinini chaqirib:
— Senga necha martta aytaman yopib yur deb. Nuqul ochiq qolaveradi. Beparvosan! Uyat emas-mi?, ... Yana non qotib qolibdi!
Televizordagi reklamadan:
“Har tong uyg‘onganingizda o‘rningizga qahva olib kelishsa yaxshi. Lekin o‘rindig‘ingiz bilan siz istagan kafega eltib qo‘yishsa, undan-da a’lo bo‘ladi!”.
Bir odam dam olib o‘tirsa, to‘satdan azroyil paydo bo‘lib:
— Joningni olaman, - debdi.
— Ro‘yxatingni ko‘rsat-chi, - debdi boyagi odam.
Ro‘yxatni qarasa, rostan ham boshida turgan ekan. Haligi odam sekin yalinishga tushibdi:
— Iltimos menga bir kun muhlat ber. Yaqinlarim bilan xayrlashib olay, - desa, azroyilni rahmi kelib, ruxsat beribdi.
Haligi odam siqilib o‘tirsa, yoniga xotini kelib:
— Shunga ham siqilasizmi? Axir buni yo‘li oson-ku! Azroyil kelsa, oldin yaxshilab mehmon qiling. Choyiga uyqu dori qo‘shib qo‘ying. U uyquga ketgach, yonidagi ro‘yxatni olib, boshidan ismingizni o‘chirib, oxiriga yozib qo‘ying, - debdi.
Eri ertasi kuni huddi xotini aytganidek qilibti. Azroyil uyg‘ongach, haligi odamga qarab:
— Rahmat senga ey odamzot! Mazza qilib dam oldim. Bu yaxshiligingni javobsiz qoldirmayman. Mayli men jon olishni ro‘yxatni oxiridan boshlay qolaman, - dermish.
Bolakay buvasiga:
— Urush paytida non kam bo‘lgan-a, - desa,
— Ha bolam, non topa olmay, kolbasaga saryog‘ surtib yerdik, - debdi.
Bir kuni futbol o‘yinidan oldin bir o‘yinchiga treneri raqib jamoa xavfli hujumchisining yonidan jilmay o‘ynashini aytibdi. Birozdan so‘ng raqib hujumchi “Qizil kartochka” olib, o‘yindan chiqib, zahiraga borib o‘tirsa, boyagi o‘yinchi ham uning yoniga borib o‘tirib olgan ekan.
— Yaxshi ko‘rgan qizim cho‘ntagimdan ayollar lab bo‘yog‘ini topib olibdi. Senga xiyonat qildim deb zo‘rg‘a qutulib qoldim.
— Nega unga rostini aytmading?
— Nimalar deyapsan?! Faberlic da ishlashimni bilib qolsa, tamom bo‘laman-ku...
— Ayriliqda yashash jonimga tegdi. Muzlatgichni xonamga ko‘chirib o‘tkazaman, tamom!
Bir qari badavlat odam kechqurun uyiga qaytsa, xizmatkori:
— Ha, qari to‘nka! Qayerlarda yuribsan?!, - desa, boy pinagini buzmay:
— Qulog‘imga eshitadigan apparat sotib olgani borgandim, - dermish.
— Dada, ilonlar ham gapiradimi?
Dadasi sekin qaynonasiga o‘girilib qarab:
— Nabirangiz sizga savol beryapti?, - dermish.