Imtihonda domla talabaga savol beryapti:
— Besh karra besh?
Talaba qo‘lidagi shpargalkaga qarab:
— Yigirma besh!
Domla ham qo‘li ostidagi shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Olti karra olti?
Talaba yana shpargalkaga qarab:
— O‘ttiz olti!
Domla ham shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Yetti karra yetti?
Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi bo‘lgandi domla uning qo‘lini ushlab qoldi. Talaba o‘ylanib:
— Qirq yetti, - dedi.
Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qo‘lidan ushlab qolsa, domla ko‘p o‘ylamay:
— To‘g‘ri, - dermish.
Bir ayol to‘rt yoshli o‘g‘li bilan dam olishga boribdi. U yerdan qaytgach, eriga maqtana boshlabdi:
— Rossa mazza qilib dam oldim. Bilasizmi adasi, u yerda "Mehnat qahramoni" bilan tanishib qoldim, - deb tursa, o‘g‘li:
— Qanaqa qahramon? Qo‘rqoq amaki ekan-ku! Bir o‘zi qo‘rqib, bizni xonamizda yotdi ada...
Diskotekadagi yigit bilan qiz suhbati:
— Seni ota-onang mabodo usta emasmi?
— Yo‘q, nima edi?
— Sen o‘zingdan kimni yasab olyapsan unda...?
— Botir, sen ingliz tilini bilasanmi?
— Ha, bilaman.
— Bo‘lmasa, aytchi “nothing” so‘zi nimani anglatadi?
— «Hech nima».
— Bo‘lishi mumkin emas! U nimanidir anglatishi kerak!
Bir korxona rahbarini tug‘ilgan kuni bo‘layotgan ekan. Hamma qo‘l ostidagilar:
— Tabriklaymiz xo‘jayin! Uzoq umr, baxt-omad tilaymiz! Yana uzoq yillar bizga rahbarlik qiling!, - deyaverishibdi.
Bazm oxirida xo‘jayin duoga qo‘l ochib:
— Hamma menga ichida, qalbida nima niyatlar tilagan bo‘lsa, o‘ziga ham yo‘ldosh bo‘lsin!, - deb duo qilsa, mehmonlar duo qilmasmush ...
— Sen ablahsan! Bilasanmi, vafot etganingda ehson oshingga ham kelmayman, hatto!
— Men esa seni ehson oshingga albatta boraman!
To‘qqizinchi sinf o‘qituvchisi vinetkaga pul olib kelmagan o‘quvchilarga debdi:
— Yigirma yildan keyin sinfdoshlaringizni suratlariga qarab eslab yurasizlar.
O‘quvchilardan biri:
— Rahmatli ustozlarimizni ham eslab o‘tiramizmi?!
Oyisi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Oshxonada ikki bo‘lak tort bor edi. Hozir uning bir bo‘lagi qolibdi. Buni menga tushuntira olasanmi?
O‘g‘li:
— Albatta tushuntiraman oyi. Qorong‘i edi shuning uchun ikkinchi bo‘lakni ko‘rmabman...
Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotini kosadagi ovqatini kiyimiga to‘kib yuboribdi:
— Voy qarang, huddi cho‘chqaga o‘xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog‘i ust-boshiga ovqat to‘kilgan cho‘chqaga..., - dermish eri.
Yarim kechasi qabrdan bir arvoh chiqib, yonidagi qabrga qarab:
— Og‘ayni, yur shahar aylanib kelamiz, - debdi. Yonida yotgan arvoh ham, - Mayli ketdik, - debdi-da, qabr toshini ko‘tarib olibdi.
Boyagi arvoh hayron bo‘lib:
— Buni nima qilasan?, - desa, sherigi:
— Ko‘chada militsiya pasportimni so‘rasa nimani ko‘rsataman, - dermish.