Bir yigit do‘stiga:
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
— Nega bu ishni qildingiz?, - so‘rabdi vrach bemordan.
— Meni xotinim tashlab ketdi, - debdi bemor.
— Xotiningiz tashlab ketsa, beshinchi qavatdan o‘zingizni tashlab yuborish shartmi?!
— Tushunmadingiz doktor! Xotinim meni tashlab yubordi ...
Eridan qattiq ranjigan xotin:
— Hech bo‘lmasa uzr so‘rasangiz bo‘lardi...
— Xo‘p, uzr. Kechiraqol!
— Boshimga uramanmi uzringizni?! Kimga kerak kechirim so‘rashingiz?!
Bir kuni afandi yangi telefon sotib olibdi.
Lekin telefoni yarim yil jiringlamabdi, hech kim telefon qilmabdi.
Bir kuni tongda uxlab yotsa, telefoni jiringlab qolibdi. Shunda afandi xursandchilikdan raqsga tushib ketibdi. Yarim soat jiringlabdi. Oxiri afandi, — Mayli javob beray-chi, kim ekan?, - deb qarasa, budilnik ekan...
— Qani oldik, ichamizmi?
— Nima munosabat bilan?
— Bugun 15.10.2016!
— Xo‘sh nima bo‘pti?
— Bunaqa sana hayotda bir martta bo‘ladi axir!
Xotin eriga:
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo‘lasan-a?
Paxta terimi boshlanib, hamma ishchilar dalaga chiqishibdi. Bir yigit hammadan ko‘p paxta terib, rekord o‘rnatibdi. Rahbarlar xursand, do‘stlari tabriklashibdi, hamma joyda shov-shuv ko‘tarilibdi. Bir payt uchta paxtakor uni imlab, bir chetga chaqirishibdi-da:
— Yangilikni eshitdingmi?, - deyishibdi.
— Yo‘q, - debdi yigit.
— Manavini ichib ol, keyin aytamiz, - deb bir piyola aroq uzatishibdi.
Yigit ichib:
— Nima gap? Aytinglar, - desa, boyagi paxtakorlar yana bir piyola aroq uzatib:
— Buniyam ich, xabarni eshitishing osonroq bo‘ladi, - deyishibdi.
Shunday qilib unga yana uch piyola aroq ichirishibdi-da, g‘irt mast bo‘lib bir chyetda yotgan yigitga qarab:
— Endi gapni eshit! Hozir bu yerga televideniyadan kelishadi. Eng namunali paxtakor deb seni suratga olishmoqchi ekan, - deyisharmish.
Ikki do‘st suhbati:
— Nega xomushsan?
— Xotinimni ilon chaqib olgandi, o‘lib qoldi, bechora. Rahmim kelyapti.
— Sen xotiningni yomon ko‘rarding-ku! Nega achinyapsan?
— E-e-e... o‘lgan xotinim emas, ilon-da!
— Ishga borgim hech kelmayapti-da...
— “Forbs” jurnalida ism-sharifing bormi?
— Yo‘q ...
— Hoziroq turgin-da, ishingga jo‘na!
Mast holda kelgan er sekin eshikni ochib, yotoqqa kirib, yechinib, yotishi bilan, yonidagi ayol baqiribdi:
— Yana ichib keldingizmi?
— Qayerdan bilding?
— Siz ro‘paradagi qo‘shnimsiz-ku! Yo‘qoling uyingizga!