Supermarket sotuvchisi xaridordan:
— Sizga "quloqcha"li paketdan beraymi? - deb so‘rabdi.
Xaridor bo‘lsa:
— Iloji bo‘lsa oyoqchaligidan bering! Yonimda o‘zi chopqillab ketaveradi! - dermish.
— Xotinimni mantig‘iga tushunolmayman.
— Nega?
— Qo‘ng‘irog‘iga javob bermasam, ayollar bilan o‘tirgan bo‘larmushman.
— O‘chirib qo‘yaqol telefoningni.
— Unda, men ayollar bilan biron yoqqa ketgan bo‘larmushman.
— Unda yoqib qo‘y va qo‘ng‘iroqlariga javob ber! Qulog‘ing tinchiydi.
— Tinchimaydi! Unda men jazmanlarimga SMS yozayotgan bo‘larkanman.
Yarim kechasi o‘g‘ri bir uyning qulfini kesayotgan ekan. Shu yerdan o‘tayotgan odam, — Nima qilyapsiz?, - desa,
— Men-mi? Skripka chalyapman, - debdi o‘g‘ri.
— Skripkangizni ovozi chiqmayapti-ku?, - debdi boyagi odam. Shunda o‘g‘ri:
— Ovozi ertaga chiqadi, - dermish.
— Yo‘lda ketayotsam, juda ko‘p pul sochilib yotibdi. Cho‘ntagimga solaverdim, solaverdim, ...
Uyg‘onib ketib qarasam, tungi ko‘ylagimni ichiga choyshabni tiqib tashlabman.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Kecha erim bilan urushib qoldim. Meni xafa qildi.
— Mayli. Choy damlab berayotganingda qasdingni olasan.
— Tushunmadim...
— Axir yuziga tuflay olmaysan-ku!
— Do‘stim, janjalni qayerida bo‘lgan yaxshiroq?
— Xohlasang yonida bo‘l, xohlasang orqasida bo‘l! Lekin hech qachon o‘rtasida bo‘lma!
— Qayerdasan og‘ayni?
— Ishdaman.
— Ishdan keyin nima qilmoqchisan?
— Nima qilardim? Pensiyaga chiqmoqchiman.
To‘ydan keyin kelin ma’yus ohangda:
— Har kuni ovqat pishiraman, kir yuvaman, supuraman, tozalayman, dazmollayman, ... O‘zimni ertakdagi Zumraddek his qilyapman, - desa, eri:
— Aytgandim-ku, myenga turmushga chiqsang, ertaklardagidek yashaysan deb, - dermish.
Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo‘jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo‘ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo‘lib so‘rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg‘otmabdi-yam..., - dermish qorovul.
Xotin eriga:
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q, qolmadi.
— Agar topsam-chi?
— Sendan juda-yam minnatdor bo‘lardim!