— Hayotimda 3 ta ayol bor ular: onam, xotinim va qizim, - deb intervyu bergan qo‘shiqchiga, buvisidan sms kelibdi:
— Pensiya pulimga obergan sovg‘alarim teshib chiqsin!
— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Man soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Sanga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!
Musiqa chalib uning yoqimli ovozini eshitganingizda boshqa narsalarni tamoman unutasiz. Klavishalar sizni cehrlab, xuddi o‘ziga tortib olayotganday tuyuladi.
Shu paytda: "Nonga pul bering, non olib chiqish kerak", - degan ovoz umuman notaga tushmaydi-da.
— Oyi, bugun avtobusda bir ayolga joy bersam, o‘tirmadi.
— Keyin nima qilding?
— Qaytib, yana dadamni tizzasiga o‘tirdim.
Operatsiyadan chiqqan otaxonning oldiga ko‘rgani do‘stlari kirishibdi. Uch daqiqadan so‘ng bemor otaxon jon xolatda qimirlab, qog‘ozga bir nimani yozib jon beribdi.
Do‘stlari:
— O‘limidan oldin ko‘rganimiz yaxshi bo‘ldi. Nima yozdi ekan deb yozuvni o‘qishsa:
— Kislorod shlangidan oyoklaringni ol padarlanat deb yozilgan ekan.
Oila dasturxonidagi shirinliklar 2 turga bo‘linadi:
1. Shirinlariga
2. Bunisini adamiz yesinlar!
Bir qiz folbin oldiga kelib:
— Xola, meni 2ta yigit sevadi, qaysi birini omadi chopadi, - desa
Folbin:
— Azizning omadi chopadi, Ahmad esa uylanadi, - dermish
Shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, sabr nima?
— Parkentskiydan Hamid Olimjon tomonga yurish - debdi.
Qurilishda ishlaydigan bir yigit doktorga boribdi.
— Doktor, yordam qiling. Ichim qotib qolganmi, bilmayman, hech hojatga chiqa olmayapman.
— Ho‘sh, qani shimingizni yechib engashingchi.
Yigit engashibdi. Doktor:
— Haaaaa, tushunarli, - deb xonasida turgan bir tayoq bilan yigitni ketiga qattiq uribdi:
— Ana endi choping hojatxonaga.
Biroz vaqt o‘tib, yigit xursand holda qaytib kelib:
— Doktor, sizga katta rahmat. Qushday yengil bo‘ldim. O‘zi nima bo‘lgan ekan, tushunmay qoldim.
— Hech narsa bo‘lmagan, faqat bundan keyin ish vaqtida hojatga borsangiz, ketingizni bo‘shagan sement qopiga artmang.
Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?