— Eshmat peshonangdagi shish qayerdan paydo bo‘ldi?
— Anavi devordagi qoziqni ko‘ryapsanmi?
— Ko‘ryapman.
— Men esa ko‘rmadim.
Er:
— Onasi bugun qizimizni bog‘chaga o‘zing tashlab kelaqol. 5000 beraman.
Xotin:
— 10000 bersangiz tashlab kelaman.
Qizcha:
— Dada, menga 2000 bering o‘zim ketaveraman bog‘chaga.
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.
Bilasizmi, bloggerlar internetdan oldin ham yashagan. Faqat ularni oldin safsatabozlar deb atashgan.
Kecha yotoqxonaga shovqinga ishlab ketadigan chiroq o‘chirgichni o‘rnatdik, endi naqd tungi klubni o‘zginasi bo‘ldi.
Afandi xotini bilan urushib qolibdi. Ertasi kuni xotini eshakni yetaklab ketayotganida, Afandi:
— Xoy, bu molni qayoqqa olib ketyapsan debdi
Shunda xotini Afandiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi bu mol emas eshak-ku desa.
Afandi xotiniga qarab:
— Cendan so‘raganim yo‘q eshakdan so‘rayapman dermish
Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko‘z-ko‘z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko‘rsatdi.
Yura berib Afandining qorni juda ochdi, ammo oshnasi ovqat to‘g‘risida og‘iz ochmas va uyma-uy yurar edi. Afandi nihoyat oshxona oldida to‘xtadi-da, unga diqqat bilan qaray boshladi. Oshnasi undan so‘radi:
— Oshxona yoqib qoldi deyman-a?
— Ha, oshxonani juda boplabsiz,— dedi Afandi,— shunday qilibsizki, kirgan kishining darrov ovqat yegisi keladi!— dedi.
Afandi bozordan ho‘kiz olib kelayotgan edi, yo‘l-yo‘lakay «Afandi, ho‘kizni sotib oldingizmi, qancha bo‘ldi?»—degan savollar yog‘ilib ketdi. Afandi jonidan bezor bo‘lib, arqonning bir uchini o‘z bo‘yniga bog‘lab oldi, yana bir odam:
— Afandi, ho‘kizni oldingizmi?— deb so‘ragan edi, u:
— Yo‘q, birodar, ho‘kiz meni oldi, narhimni undan so‘rang,— dedi.
Qabulxona eshigida:
Boshliq 10 dan 100000000gacha qabul qiladi.
Ikkita ishyoqmas, choyxonada ovqatlanib bo‘lib, yonboshlab suhbat quribdi:
— San kim bo‘lgin kelyapti?
— Manmi, man katta boy bo‘lsam-da, har kuni barra go‘shtdan tayyorlangan taomlar yesam...
— Sanchi?
— Man, ilon bo‘lsam deyman...
— Iye, nimaga endi ilon?
— Yoti.i.i.b yuradi-da...