Kunlardan birida gugurt cho‘pi boshini qashiyman deb yonib ketibdi.
Bir kuni xotini eriga latifa aytib beribdi. Eri rosa kulibdi.
Xotini:
— Kulgili ekanmi, o‘zim to‘qidim, - desa
Eri birdan jiddiy tortib:
— O‘zimam etudim, shunaqayam bemaza latifa bo‘ladimi deb, - dermish
Kecha ishxonamizda haqiqat kuni qildik. Hammamiz haqiqat izladik. Bugun endi, hammamiz yangi ish izlayapmiz.
Bir bolakay buvisiga konfet beribdi. Buvisi konfetni shimib o‘tirsa, bolakay:
— Buvi konfet mazalimi, - debdi.
Buvisi:
— Ha, bolam mazali ekan.
Bolakay:
— Unda nimaga olapar shimmay tashladi.
Sim yog‘och ustida ikki montyor o‘tirardi. Pastdan qari kampir o‘tib qoldi. Montyorlarning biri kampirga:
— Onaxon, hov anavi yerda yotgan simni uzatib yuboring!
Kampir simni montyorga uzatdi-yu, yo‘lida davom etdi. Montyor esa sherigiga:
— Ko‘rdingmi, senga nima degandim? "Nol" deganim rost ekanmi? Sen bo‘lsang, "faza, faza", - deb valdiraysan!
Bir kuni qo‘shnisi Afandidan so‘radi:
— Sizda qirq yillik sirka bor deb eshitaman, rostmi?
— Ha, rost,— dedi Afandi.
— Sirkani qirq yil qandoq asradingiz? Picha beringchi?
— Har kimga picha-picha beraversam, qirq yil ichida sirka qolarmidi,— javob berdi Afandi.
— Doktor, manavi dorilar rostdan ham menga yordam beradimi?
— Albatta. Bu dorini olgan bemorlar shu paytgacha oldimga qaytib kirishmagan.
Agar chap tarafingiz bilan tursangiz, bilingki bugun sizning kuningiz emas. Ertaga yaxshi bo‘ladi.
Agar o‘ng tarafingiz bilan tursangiz, bugun oshig‘iz olchi, kun sizniki.
Agar umuman oyoqqa turolmayotgan bo‘lsangiz, kecha yaxshi bo‘lgan ekan!
Shifoxonalarda "Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda" - degan yozuv turadi. Manimcha yaqin orada uni "Salomatligingiz o‘z cho‘ntagingizda" - deb o‘zgartirib qo‘yishsa ajabmas.
Bir kuni donolarni donosi shogirdlariga:
— Mavlonolar, ichimizda eng donosi kim erur - deb.
Shunda shogirdlari:
— Donolarning donosi, o‘zingizda ustoz! - deyishibdi.
Shunda ustoz:
— Bale, bale, haq gapni aytingiz. Bu qadar bilimdon shogird bo‘lasiz deb hech o‘ylamagon erdim, - dermish.