Bir mahmadona yigit xudoyi vaqtida hukumat siyosati to‘g‘risidagi bo‘lmag‘ur gaplari-yu, xalqaro ahvol haqidagi nodonlarcha safsatalari bilan o‘tirganlarning miyasini qotirib yuboribdi. Shunda bir mo‘ysafid qariya undan so‘rabdi:
— Kechirasiz o‘g‘lim. Bir savolim bor edi?
— Marhamat, — debdi yigit.
— Qo‘y ham, sigir ham bir xil yem-xashak yeydi-ku, nega ularning axlati har xil?
Yigit o‘ylanib qolib:
— ....Bilmadim,— debdi.
— B...qni ham farqiga bormaysiz-u, siyosatga aralashib nima qilasiz, bo‘tam..?!, — debdi chol.
Bir kun, bir yigit sevgan qizi bilan ko‘chada ketayotsa, Mersedesda bir yigit kelib, signal chaldi, shunda qiz yonidagi yigitga:
— Bor-e — deb Mersedesga o‘tirib olibdi,
Shunda Mersedesdagi yigit:
— Uzr, myen sizni emas, xo‘jayinni chaqirgandim dermish...
Piyanista uyqudan turib, oynaga qarab:
— Shunaqayam ichamanmi, soqollarim o‘sib, ajinlarim ko‘payibdi, sochimga ham oq tushibdi, deb tursa orqadan onasini ovozi kebdi:
— O‘g‘lim otangni portretiga buncha tikilmasang.
Jarroh kuyov, qaynotasini operatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Qaynota:
— Ishga juda jiddiy qarang, kuyovbola! Shuni unutmangki, men o‘lsam, qaynanangiz shu kuniyoq qizinikiga ko‘chib boradi.
Bir kuni podsho Afandidan so‘rab qoldi:
— Shu odamlarga hayronman-da. Doim bir-birlari bilan janjallashganlari-janjallashgan. Janjal nimadan chiqarkin-a, Afandim?
— Odamlar bir-birlariga behosdan «ahmoq bo‘lma!» deb yuboradilar. Janjal shundan chiqadi.
— Bo‘lmagan gap! Shu arzimagan gapdan ham janjal chiqadimi?!
— Chiqadi.
— Chiqmaydi!
— Ahmoq bo‘lmang! — dedi Afandi jo‘rttaga.
— Jallod!— deb qichqirdi podsho azbaroyi jahli chiqib ketganidan.
— Ana, aytmadimmi, taqsir, bitta «ahmoq bo‘lma»ga janjal tugul, o‘lim chiqdiku! Boring bo‘lmasa, ahmoq bo‘la qoling!
Afandi bir xasis oshnasinikiga borgan edi, oshnasi oldiga ikkita issiq non bilan bir piyola asal qo‘ydi. Afandi asalni pichog‘i bilan kesib, nonning orasiga qo‘yib yeya berdi. Xasis oshnasi qarasa, Afandi asalning hammasini yeb qo‘yadigan ko‘rinadi.
— Afandi, asalning hammasini yesalar ham mayli-ku, lekin kuchlilik qilib yurak-bag‘ringizni o‘rtab yuborar deyman,— dedi.
Afandi pichog‘ining uchiga asaldan katta bir bo‘lagini sanchib olar ekan, javob berdi:
— To‘g‘ri aytadilar, lekin bir xolis odam bo‘lsa kimning yuragi o‘rtanayotganini aytib berar edi.
Ikki ovchi o‘rmonda ov qilib, o‘qlari tugab uyga qaytayotsa yo‘llaridan bir sher chiqib qolibdi. Shunda ikkovi qochib daraxtga chiqib olishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Men kitobda o‘qiganman, sher daraxtga chiqa olmaydi, - debdi.
Qarashsa sher sekin daraxtga chiqa boshlabdi.
Ikkinchisi:
— Ana chiqyaptiku, - desa
Birinchi ovchi hijolat bo‘lib:
— Menimcha bu sher o‘sha kitobni o‘qimagan bo‘lsa kerak debdi.
Ikki baliqchi suhbatlashmoqda. Biri maqtana boshlabdi:
— Bilasanmi oshna, bir kuni men shunaqangi baliq tutdimki, o‘lchashga tarozining shkalasi yetmadi.
Shunda ikkinchisi:
— Baribir mening tutganimdan kichik ekan. Men tutgan baliqning suratining o‘zi naq ikki kilo chiqqandi...
Matiz haydovchisi qizilda o‘tib ketibdi. Serjant to‘xtatibdi.
— Dokumentlar?
— Yo‘q, komandir!
— Prava?
— Yo‘q, komandir!
— Uff dengchi?
— Ichganman!
— Hozir kapitanni chaqiraman, keyin siz u bilan problemangizni hal qilasiz.
Kapitan kelib:
— Dokumentlar?
— Marhamat!
— Prava?
— Marhamat!
— Ichganmisiz?
— Ufff... Ichmaganman!
— Nega menga serjant unaqa dedi???
— Komandir, serjant hozir meni qizildan o‘tgan ham deydi.
2 yoshli qizaloqni onasi eshitishni tekshirish uchun quloq doktoriga olib boribdi.
Doktor shivirlab:
— Shokolad... - desa.
Qizaloq ham shivirlab:
— Qani, - dermish.