Tramvayda ketayotgan Afandi qarshisida o‘tirgan qizga tikilib turib, so‘radi:
— Yaxshi qiz, bir boqishda yaxshi ko‘rib qolish mumkinmi?
— Yo‘q,— dedi qiz.
— Unda, ertaga qayerda uchrashamiz,— debdi Afandi.
Boshliq:
— Toshmatboy, siz endi mening o‘ng qo‘limsiz!
Toshmat:
— Xo‘jayin, men o‘zimga yuklatilgan vazifadan biroz cho‘chiyapman...
Ikkita skilet ringa tushibdi. Biri ikkinchisiga qarab:
— Suyakka urish yo‘q, dermish.
Hamma joyda ko‘zimga GAI xodimlari ko‘rinadigan bo‘lib qolibdi:
— Xojatxonaga kirib, unitazda o‘tirsam, hayolimda go‘yo mashinamda man-ku, tualet qog‘ozini remen o‘rniga yelkam osha tortibman...
Xotinim semizligidan nolib:
— Ozishim uchun nima qilay?
— Tongda qirolichalardek, peshinda malikalardek va kechki vaqt gadolardek ovqatlan. Dedim.
Xotinim tongda huddi qirolichalardek uni yemayman, buni yemayman deb hech narsa yemaydi.
Peshinda huddi malikalardek bu qanday ekan, u qanday ta’m ekan deb bir-bir chimdiydi.
Kechki ovqat vaqti huddi gadoylarga o‘xshab ko‘zi nimani ko‘rsa yeydi.
Ishdan qaytgan ep xotiniga baqirdi:
— Yana ovqat tayyor emasmi? Men itday ochman! Bo‘ldi, restoranga ketdim!
— Xoy, besh daqiqa sabr qilib turing!
— Nima, besh daqiqada ovqatni tayyor qilishga ulgurarmiding?
— Yo‘q, kiyinishga ulguraman.
Bankga qurollangan o‘g‘rilar bostirib, kirishibdi. Xodimlarning hammasiga devor ostida qo‘llarini ko‘tarib turishni buyurishibdi. O‘g‘riboshi kassir ayoldan so‘rabdi:
— Ismingiz nima?
— Sharofat.
— Onamga adash ekansiz, mayli sizni o‘ldirmaymiz, deb o‘g‘ri 2—xodimdan ismini so‘rabdi.
— O‘zi ismim Qulpiddin. Ammo o‘rtoqlarim "Sharofat" deb chaqirishadi, dermish xodim qaltirab...
Amerikalik turist o‘zbek bilan Samarqandni aylanib yurib:
— Bu yerlarda binolar past ekan, masalan manabu bino bizda bo‘lganida 10 barobar baland bo‘lardi, - debdi bir binoni ko‘rsatib.
O‘zbek:
— Ha, albatta axir bu jinnixonaku, - dermish.
Ikkita qiz bilan yuraman, qaysi birini tanlashni bilmayapman.
— Qalbinga quloq sol, qalbing nima deyapti?
— Qalbim xotining bilsa o‘ldiradi deyapti.
Bir odam xotinini ishxonasidagi ziyofatga olib kelibdi. Bir oz turgach, xotini:
— Anavi sochini chiroylik turmaklagan ayol kim?,- deb so‘rasa. Eri:
— U boshliqning mashuqasi!, - debdi.
Xotini yana bir boshqasini ko‘rsatib:
— Anavi to‘lagina ayol kim?, - desa.
Eri:
— Bosh hisobchimizning mashuqasi, - debdi.
Xotini bir chekkada fujerda shampan vinosi ichayotgan ayolni ko‘rsatib:
— Bu ayol kimning mashuqasi?, deb so‘ragan edi.
Er:
— Bu ayol bo‘lim boshlig‘ining mashuqasi, - debdi.
Xotini ketvorgan bir yosh juvonni ko‘rsatib:
— Bu kimning mashuqasi, - desa.
Er kim bilan gaplashayotgani esida yo‘q:
— Bu meniki, meni asalim bu!, - debdi.
Xotini ham suhbatga o‘ta berilib ketganidan:
— Dadasi, bizniki hammasidan chiroyli ekan, - dermish