— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘midi!!!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer BANK-ku...
Haydovchi DAN xodimiga:
— Soatiga bir yuz yigirma kilometr, deysizmi? Axir mening tezligim soatiga 30 kilometrdan ham past edi-ku?!
— Hali mashinam bir joyda to‘xtab turuvdi ham dersiz?
— Ha-ha, deryali shunday...
— Unda baribir jarima to‘laysiz: bu joyda to‘xtab turish taqiqlangan.
— Oq Lexus'lik shahzodani haligacha kutib yuribsanmi?
— Avvalam bor o‘zi yaxshi odam bo‘lsin, Lexus'ining rangi esa menga umuman qiziq emas.
Bir o‘g‘rining qarmog‘iga oltin baliq ilinibdi. Lekin u nima qilishini bilmasdan baliqni u yog‘iga ag‘daribdi, bu yog‘iga ag‘daribdi.
— Tila tilagingni, - debdi, nihoyat, oltin baliq tilga kirib.
— Bu nima dyeganing, - debdi tushunmasdan o‘g‘ri.
— Senga qanaqa tushuntirsam ekan, kecha bir odam meni ushlab olgan edi. U mendan yuz million so‘m muhayyo qilishimni so‘radi. Men uni bir zumda bajo keltirdim. Senga nima qilay?
— O‘sha odamning uy manzilini ber.
Restoranda quyon va bo‘ri suhbatlashib o‘tirishibdi. Quyonjon, senga maza, doim puling bor menda esa hech vaqo yo‘q, shuncha pulni qayerdan olasan?
— Menga pulni mashuqam beradi.
— Meniki esa bir tiyin ham bermaydi, debdi bo‘ri
— Eh, bo‘rivoy sen juda qo‘polsan, tirnoqlaring o‘tkir. Sen asta-sekin muloyimlik bilan xotiningni qo‘lini, qo‘lingni orqasi bilan silasang albatta pul beradi.
Bo‘ri shoshib uyga borsa, xotini uxlab yotgan ekan, sekin borib kaft orqasini silasa,
— Ha, quyonjon, puling tugadimi, debdi.
Mushuk sichqonni tutib olib, so‘rabdi:
— Yashashni istaysanmi?
Sichqon ham, ko‘zini suzgancha, so‘rabdi:
— Kim bilan?
— O‘l, suyuq oyoq buzuqi, ishtahani rasvo qilding!
Qamoqxonada ikkita mahbus gaplashmoqda:
— Sen nima uchun qamalgansan?
— Raqobat qurboni bo‘ldim.
— Qanaqa raqobat?
— Men xuddi davlatnikiga o‘xshagan pul yasagandim.
Bir erkakdan so‘rashdi:
— Ayol go‘zaligi uchun hayvonlarni aloqasi bormi?
— Ha!
— Ayyor tulki hammi?
—Ha! Axir uni terisidan paltoga yoqa tikishadi.
Savol bervotgan odam bir qancha hayvonlarni sanadi. Haligi erkak javob berdi. Undan u olinadi, bundan bu olinadi.
— Eshakchi, eshak u hammi? So‘radi hayratlanib.
— Ha shularni hammasini eshak oberadi-da.
Kallik bu fikrlar bilan toptalgan sayhon dala.
Bir xunik qiz liftda, bir chiroyli bola bilan tursa,
Qiz:
— Agar menga teginsangiz, baqiraman, - desa
Yigit:
— Men ham, - dermish