Fransuz rusdan so‘radi:
— Sizlar suli yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda sulini itga berishadi.
— Hm... Sizlar baqa yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda baqani it ham yemaydi.
Kuyov kelinni nikoh uyidan qo‘lida ko‘tarib chiqyapti.
— Jonim, endi biz er va xotinmiz to‘g‘rimi?
Kuyov:
— Ha
Kelin:
— Keling, unda boshizga chiqib olaqolay?
Avtobusda bir ayol ishdan uyiga qaytayotgan ekan, uni uyi oxirgi bekatda ekan. Bir bashang kiyingan yoshroq ayolga ko‘zi tushib: bu ayol hech qaysi bekatda tushmadi, demak meni mahallamda tushadi.
Bironta erkakni oldiga kelyapti bir qo‘shnimni eri yo‘q, yana birini eri xorijda, yana biri ishda, demak meni erimni oldiga kelyapti.
Erimni 2ta o‘ynashi bor: biri Tanya, biri Lena. Tanya chet elga ketgan, demak buni ismi Lena.
Ayol:
— Lena iltimos manavi pulni konduktorga uzatvoring.
Lena hayron:
— Meni qayerdan taniysiz?
Yigit va qiz uchrashuvi... Ancha gaplashishgandan so‘ng yigit:
— Jonim, menga turmushga chiqasizmi?
— Ha, albatta!
...So‘ng uzoq jimlik... Jimlikdan zerikkan qiz:
— Nega jimsiz?
— Shundoq ham ko‘p gapirib qo‘ydim...
Sovutgichda ikkita pomidor turibdi.
Birinchisi:
— Ux, ux, ux, sovuqni qara, — desa.
Ikkinchisi:
— Voy dod, gapiradigan pomidor, — dermish.
Afandining otasi mahsido‘zga shogirdlikka berdi, Oradan ikki yilcha o‘tdi. Bir kun otasi undan so‘radi:
— Nasriddin, mahsido‘zlikni o‘rganay dedingmi?
— Ustam,— dedi Afandi,— zehning yaxshi deb maqtaydilar. Bola ko‘tarish, do‘kon supurishni halitdanoq o‘rganib oldim. Xudo hohlasa, yana besh-olti yildan keyin mahsido‘zlikni ham o‘rganib olar emishman.
Doimgidek uch aka-uka botirlarni o‘lim to‘shagidaman deb o‘ylagan chol huzuriga chaqirdi.
Kichik o‘g‘lini qo‘liga cho‘p berib sindir, dedi.
Kichik o‘g‘il cho‘pni sindirdi.
Otaxon o‘rtancha o‘g‘liga singan ikki bo‘lak cho‘pni berib:
— Sindir, dedi.
O‘rtancha o‘g‘il cho‘pni sindirdi.
Navbat Katta o‘g‘ilga keldi.
Katta o‘g‘il qiynalmay cho‘plarni sindirdi.
Otaxonni boshidan tutuni chiqib baqirdi. 1000 yillik rivoyatni beliga tepding ahmoq o‘g‘il.
Gollivudda o‘tkazilgan mukofotlash marosimida hozirgacha "Oskar" mukofotiga olti marta da’vogarlik qilgan Leonardo Di Kaprio nihoyat "Oskarga eng ko‘p marotaba da’vogarlik qilgan shaxs" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
7 yoshlik bolakay o‘qtuvchisidan so‘rabdi:
— Uztoz 7 yoshda ham ota bo‘lsa bo‘ladimi?
Ustozi:
— Yo‘q, buni iloji ham yo‘q!
Shunda bolakay joyiga o‘tirib yonidagi qizchaga:
— Ana, ko‘rdingmi, sen bo‘lsa havotirlanasan, - debdi.
Tikuvchi buyurtmachining matosini qayta-qayta o‘lchadi.
Buyurtmachining sabri tugab dedi:
— O‘zingizgayam qolishi uchun qayta-qayta o‘lchayapsizmi?
— Sizgayam yetsin, deb o‘lchayapman.