Doʻstlar haqida latifalar
— Xotinimga yana bir marotaba xiyonat qilsam, o‘zini o‘ldirishini aytdi.
Do‘sti:
— Endi xiyonat qilmayapsanmi?
— Endi bu hakda unga sezdirmayapman. Hozirgacha uni yetti marotaba o‘limdan saqlab qoldim.
— Men huddi odamga o‘xshab ketadigan kompyuter yaratdim.
— Ho‘sh, nimasi odamga o‘xsharkan?
— O‘zi xato qilib qo‘yib, boshqa kompyuterga to‘nkab turaveradi.
— Ha, yam-yashil, keng dala!
— Qo‘ylar yashaydigan qo‘rani-chi, bilasanmi?
— Ha, atrofi taxta bilan o‘ralgan...
— Italiyani xaritadagi ko‘rinishi qandayligini bilasanmi?
— Yo‘q. Nimaga mendan bularni so‘rayapsan?
— Shunchaki, geografiyadan ko‘ra, sigir, qo‘ylarni yaxshiroq tushunishingni isbotlab bermoqchi edim.
— Qayerdasan? Qachon kelasan?
— Bo‘ldi, mana yetib keldim. Uyingni yonginasidaman...
— Yolg‘onchi, sen uy telefoningda gaplashib turibsan-ku!
— Xotinim pomidor bilan urdi.
— Pomidorga shunday ko‘karib ketdimi?
— Pomidor bankani ichida edida.
— Sevgan qizim bilan ajralishdik.
Do‘sti:
— Nega?
— Men unga "Barno, men seni sevaman" desam, uni ismi Aziza ekan...
— Nega yo‘q ekan? Tiqilib yotibdi-ku!
— Qayerda?
— Senga davlat idoralaridan spravka kerak bo‘lmaganmi hecham? Hamma kvest xonalar o‘sha yerda-ku!
— O‘rtoq yaqinda yangicha ovqat chiqibdi
— Yo‘g‘-ye uni nomi nima ekan?
— Uni nomi «Namuncha»
— Bu ovqating qancha turarkan?
— 90 000 ming so‘m
— Namuncha...
— Ana aytdim-ku!
— Xotining bilan kechagi janjaling nima bo‘ldi?
Do‘sti:
— Oxiri xotinim yonimga tizzasida emaklab keldi.
— Keyin nima dedi?
— Kravatni tagidan chiq nomard dedi.
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...