Doʻstlar haqida latifalar
— Uyingga bosqinchilar kirgani rostmi?
— Ha rost!
— Hamma pullaringni, tilla taqinchoqlarni berib yubordingmi?
— Ha, bir zumda olib chiqib berdim!
— Seni qizib turgan dazmol bilan qo‘rqitishibdi. Shunga bir pasta taslim bo‘ldingmi?
— Esing joyidami? Dazmol qizib-qizib, uyimdagi elektr energiyasi hisoblagichi falon pul yozishini kutishim kerakmidi!?
— Ex, onamni gaplariga quloq solganimda bu ahvolda yurmasmidim
— Xo‘sh onang nima degandilar?
— Bilmadim, aytayapmanku quloq solmaganman deb..
— Chiq tezroq daraxtga, - desa,
Pastda turgan yigit:
— Nega? Axir yo‘lbarsni ko‘ziga qumni men sepmadim-ku, - dermish.
— Nima qilding?
— Karbyuratoriga suv kirib ketdi.
— Sen karbyuratorning farqiga borarmiding?! Qani, aytchi, karbyurator qayerda joylashgan?
— Mashinangda
— Ha—ha, Mashinam qayerda bo‘lmasa?
— Daryoda!
— Men, juda mehmondo‘stman.
— Buni qanday tushunsa bo‘ladi?
— Masalan, uyga mehmon kelsa, choyni piyolaning tepasidagi chizig‘igacha to‘ldirib qo‘yaman.
— Nega?
— Shakarni kamroq solishsin, - deyman-da!
— Shuncha yil yashab, sutni muzlatgichga noto‘g‘ri qo‘yish mumkinligi haqida bilmagan ekanman.
— Nima, mashina bilan kimo‘zarga yuguryapsanmi, do‘stim?
— Yo‘q, - dedi do‘sti halloslab, - xotinim eski paypog‘imni axlatga tashlab yuboribdi. Ichida xotinimdan berkitgan pullarim bor edi.
— Seni miyangda bo‘sh joy ko‘p-de o‘zi, o‘rtoq!!!
— Ha, xabarim bor
— Nima bilan davolayapsiz?
— Hech nima bilan, xali birorta bit kasal bo‘lgani yo‘q.