Doʻstlar haqida latifalar

Bir kishi bank eshigi oldida pista sotar ekan. Do‘sti kelib unga debdi:
— Og‘ayni, 50000 ming qarz berib tura olasanmi?
— Uzr! Men qarz bera olmayman. O‘rtada shartnoma bor, - debdi pistachi.
— Qanaqa shartnoma? - hayron bo‘lib so‘rabdi do‘sti.
— Bank pista sotmaydi, men qarz bermayman...
Do‘stim seni xotining ham yoqtirgan ishlaringa qarshilik qiladimi?
— Yo‘q, qayta xursand bo‘ladi!
— Ha nima ish qilasan?
— Ovqat qilaman, sigir sog‘aman, choy damlayman.
Ikki oʻrtoq tunda baliq oviga boribdi. Oʻzlari bilan dvijok olishgan ekan, uni eshakni ustiga bogʻlab qoʻyishibdi. Koʻlga yetib kelishganda, dvijokni eshakni ustiga turgan joyida ishlatmoqchi boʻlib yoqishgan ekan, eshak dvijok ovozidan qoʻrqib qochib ketibdi.
Ikki oʻrtoq eshagini qidirib ketayotishsa, oldilaridan baliq ovlab oʻtirgan otaxon chiqibdi.
— Ota, shu yerdan biror eshak oʻtmadimi? – deyishsa, otaxon:
— Yoʻq, eshak oʻtmadi. Lekin chiroqlari yoʻq bitta mototsikl rossa katta tezlikda oʻtdi, - dermish.
Boshi qotgan bir erkak do‘stiga:
— Bugun xotinimni tug‘ilgan kuni. Nima sovg‘a qilsam ekan? - debdi.
Do‘sti:
— Uyga mast holatda bormasang bo‘ldi. Sovg‘a - shu!
Erkak o‘ylanib turib:
— To‘g‘ri, xotinimni yubileyi har holda...!
Bir odam do‘stidan qarzga pul so‘rabdi.
Do‘sti unga:
— Pulni nima qilasan? – desa, haligi odam:
— Davolanaman. Tilim sinib qoldi. Tilimni gips qildirishim kerak, - dermish.
Bir yigit do‘stiga debdi:
— Senga bir gap aytaymi? Negadir oxirgi paytlarda hayoling parishon bo‘lib qolgansan, - desa, do‘sti:
— Nima gap aytmoqchi eding? – dermish.
Bir kishi qarindoshinikiga bormoqchi bo‘lib, yo‘ldan adashib qolibdi.
Manzilni so‘rash uchun qarindoshiga qo‘ng‘iroq qilaman deb, adashib do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib yuboribdi. U do‘sti hazilkashroq ekan.
— Allo, uyingni topa olmayapman... – desa, do‘sti hazillashib:
— Qayerda turibsiz? – debdi.
Mehmon:
— Mozorni oldidaman. Qayerga yuray? – desa, do‘sti:
— Ichkarida yotibman, kiravering! – dermish.
Uchta yigit mototsiklda ketishyapti. O‘rtadagisi duduq ekan. Duduq:
— T-t-t-t-t...
Ruldagi:
— Tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Yanayam tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan ham tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan tez yurolmayman!
— T-t-t-t-t-yeshavoy tushib qoldi!!!
— Ha o‘rtoq, kayfiyating yo‘q?
— Ey, xotinim yana janjal qilyapti.
— Nega?
— To‘rt yuz ming oylik yosh oilaga yetmaydi deydi.
— Tejab ishlatsa yetadi.
— Men ham shuni aytaman-da. U bo‘lsa “Yetmaydi, siz ham ishlang” deyaveradi.
Xotin darg‘azab bo‘lib eriga:
— Gapingizning mazmunidan, siz uchun birinchi o‘rinda futbol, ikkinchi o‘rinda men turar ekanman-da!
— Sen hali ulfatlarim, ma’ishat va moshinam borligini butunlay unutib qo‘yibsan...