Haqiqat-adolat haqida latifalar

— Do‘stim, meni eng qo‘rqinchli suratim - bu pasportimdagisi bo‘lsa kerak?
— Yo‘q, pasportingni "kserokopiya"sida undanam hunukroq!
Afandi hokimning mahkamasida o‘tirgan edi, bir o‘g‘rini tutib kelishdi. Hokim o‘g‘rini tanib baqirdi:
— Ablah, qanday benomus o‘g‘risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing!
Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi.
— Nega kulasiz? Afandi javob berdi:
— Mahkamangizga bu o‘g‘ri sakkiz marta kelgan bo‘lsa nima qipti, har kuni keladigan o‘g‘rilar ham bor-ku!
Ota o‘g‘liga tanbeh beryapti:
— Voy-bo‘y, qundaligingni «ikki»lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda «uch» olsam ham uyalardim. Sen bo‘lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo‘sh, nima demoqchisan o‘zi?
— Axir bu sizning o‘quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.
Bir yigit o‘z xonadonida o‘tirgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi. Eshikni ochib qarasa, bir qiz turibdi. Yigit:
— Keling, xizmat? - desa, qiz:
— Kechirasiz, men ro‘paradagi uydanman. Siz har kuni durbinda meni kuzatib turgan xonadonda yashovchi qizman. Ayting-chi, kecha men telefonimni naushniklarini qayerga tashlab ketdim? - dermish.
Afandining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bor edi. Yillar o‘tib shu do‘sti katta mansabga ko‘tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do‘q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘lib qolibdi deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keldim,— dedi Afandi.
Qizlar, chiroy o‘tkinchidir! Shuning uchun tirnoq va kipriklarni o‘stirmang, aqlni o‘stirish bilan shug‘ullaning!
Sartaroshxonada:
— Hali o‘quvchi ekansiz. Qanday qilib sochimni olasiz? Biror joyimni jarohatlab olmang tag‘in...!
— Qo‘rqmang! Qaychim kesmaydi, umuman o‘tkir emas.
Arzimagan kichik sabablarga ham quvonib yurish kerak!
Faqat kichkina uy va maosh uchun emas...!
Boshliq xonasiga kirgan ishchiga rahbar debdi:
— Sizni arizangizni ko‘rib chiqdim. Maoshingizni oshirib bera olmayman!
Xodim asabiylashib:
— Oshirmasangiz-oshirmang! Faqat o‘z vaqtida oylik berishni o‘rganing!
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...