Haqiqat-adolat haqida latifalar

Poshsho bir kuni katta ziyofat berdi. Unda Afandi ham bo‘lib, yonidagi kishi bilan quyuq suhbatlashar edi. Poshsho uni xijolat qilish uchun yoniga kelib:
— Kim biladi, qanday yolg‘onlarni valaqlayapsan,— dedi.
— Nima qilay, shohim,— javob berdi Afandi,— lof aralashmasa bo‘lmas ekan, do‘stimga sizning odilligingiz haqida gapirib beryapman.
— Og‘ayni, sen chet ellarga tez-tez borib turasan. Aytchi, Parijga borib-kelish qanchaga tushadi?
— Agar xotining bilan borsang, taxminan bir yarim ming yevro ketadi. Agar yolg‘iz borsang, besh-olti ming yevrodan kam pul olma!
Bir yigit yo‘lda ketayotib, bir ko‘zi ko‘r cholga turtilibdi.
— Chol: Hey, qo‘ng‘iroqchani chalib yursang bo‘lmaydimi?
— Yigit: Qanaqa qo‘ng‘iroqcha?
— Chol: Bilmaysanmi ko‘r bilan ko‘r to‘qnashib ketmasligi uchun qo‘ng‘iroqcha olib yurishadi!
— Yigit: Eh, otaxon ko‘rmayapsizmi men ko‘r emasman!
Ho‘sh, bizning sanatoriy sizga yoqdimi?
— Ha. Sizlarda shu qadar bemaza ovqatlar tayyorlashar ekanki, naqd yetti kiloga ozdim...
Afandidan bir kishi so‘radi:
— Afandi, kishi ko‘rpada qanday yotsa tinch yotadi?
— Har kimning ta’bi.
— Men, qaysi tomonga ag‘darilmay, hech tinchimayman.
— Bo‘lmasa, go‘rga kirguncha sabr qil,— dedi Afandi.
— Professor, ayting-chi, xotiningizni urishingiz rostmi?
— Yolg‘on. Men professor emasman!
Ziyofatga ketayotgan xotin eriga qarab:
— Adasi, men kechroq qaytaman. Bolalarni ovqatlantirib qo‘ydim, - debdi.
Eri:
— Mast holatda qaytmagin tag‘in, - desa, xotini hayron bo‘lib:
— Unda indinggacha bolalarga qarab o‘tira olasizmi? – dermish.
Fransuz rusdan so‘radi:
— Sizlar suli yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda sulini itga berishadi.
— Hm... Sizlar baqa yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda baqani it ham yemaydi.
Qo‘lga tushgan maktab qorovulini tergov qilishyapti:
— Ho‘sh, ayting-chi? Maktabdan nimalarni o‘g‘riladingiz? – so‘rabdi tergovchi.
Qorovul yuzini burishtirib:
— Xo‘jalik bo‘limi mudiridan biror arzgulik narsa qolmagan-ku o‘zi...?! – debdi.
— Yigit,— dedi Afandi qo‘lida ishlaydigan xodimlardan biriga,— ustingdan shikoyat tushdi, seni ko‘p xotinlikda ayblashibdi.
— Tuhmat, kim yozibdi? — ko‘zini olaytirdi xodim.
— Xotining.
— Qaysi biri? — deb yuborganini bilmay qoldi xodim.