Hayvonot haqida latifalar

Quyon o‘rmondan ketayotsa, yo‘lda arslon yotganmish.
— Nima qilib yotibsiz bu yerda? – so‘rabdi quyon.
— Dam olib yotibman, - debdi arslon.
Quyon ortiga qaytib kelayotsa, arslon haliyam o‘sha yerda yotibdi...
Hayron bo‘lib undan yana so‘rabdi:
— Haliyam yotibsizmi? Nima qilyapsiz o‘zi bu yerda?
Arslon chiday olmay yig‘lab debdi:
— Qopqonga tushib qolganman. Yordam ber!
Quyon:
— Nariroq yotsang bo‘lmaydimi!? – deb arslonni bir tepib o‘tib ketgan ekan.
Uch boshli ajdar bir-biri bilan suhbatlashmoqda:
— Negadir boshim og‘riyapti...!? Kecha ichmagandim shekilli...!? – debdi bittasi.
Ikkinchisi:
— Men rosa ichgandim. Oshqozonimiz bitta-ku! - dermish.
“Buzoqni yugurgani somonxonagacha” degan maqolni eshitgan buzoq endi o‘tloqqa qarab yuguradigan bo‘libdi.
Saratonning issiq kunlaridan birida akula rosa chanqapti. Plyajdagi barga kirib, muzdek pivodan to‘yib ichibdi. Keyin yelkasiga sochig‘ini tashlab, cho‘milgani dengizga o‘zini otibdi.
Eshak bilan mol tortishib qolibdi.
— Men aqlliman.
— Yo‘q, men aqlliman.
— Yur, odamdan so‘raymiz, - debdi eshak.
Bir odamni topib so‘rashibdi:
— Kim aqlli? Eshakmi yoki molmi?
Odam debdi:
— Mol katta yo‘ldan o‘tayotganda, avval chapga keyin o‘ngga qarab o‘tadi.
Eshak esa yo‘ldan o‘tayotganda molga o‘xshab hech qayerga qaramaydi...!
Afandi supermarketdan chiqsa, juda ko‘p eshaklar turgan ekan.
O‘zinikini topmoqchi bo‘libdi-da, cho‘ntagidan bir narsani olib tugmachani bosibdi. Bir eshak “Ia-ia...” degan ovoz chiqaribdi.
Bir kuni qo‘ylar yig‘ilishib, podachini yoniga borib deyishibdi:
— Biz bo‘rilar bilan shartnoma tuzmasak bo‘lmaydimi? Qachongacha shu ahvol! Bir vakil tanlab bo‘rilarni oldiga jo‘natamiz. Nima qilsak ularni qorni to‘q bo‘ladi-yu, biz tinch bo‘lamiz!
Hullas vakil qo‘y bo‘rilarga borsa, bo‘rilar yig‘ilib turganmish.
Bo‘yilardan biri vakil qo‘yni gaplarini eshitib bo‘lib, debdi:
— Agar har kuni bitta qo‘y o‘z oyog‘i bilan shunaqa kelib tursa, muammo hal!
Dog‘istonlik burgalar lezginka taronasini eshitib qolib, mushukni tepkilab tashashibdi...
Bir kuni toshbaqani boshini ari chaqib olibdi.
Ishib ketgan boshini kosasiga kirgiza olmagan toshbaqa o‘zicha “Bugun ayvonda yotarkanmanda” degan ekan.
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yo‘l olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni o‘zingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga bo‘sa hadya etsangiz, men go‘zal qizga aylanaman...
Amaki o‘ylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin bo‘sani hayolingdan chiqar! Go‘zal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yo‘q!