Hayvonot haqida latifalar

Ajdarni ikkita kallasi o‘zaro gaplashib tursa, bir kishi kelib:
— Nega uchinchi kallangiz bilan gaplashmayapsiz? – deb so‘rabdi.
Ikkita kalla:
— Uni qo‘shmayapmiz. Anchadan beri sotqin bo‘lib qolgan, - dermish.
Bir kishi yoʻldan oʻtib ketayotsa, afandi mushugini yuvintirib turgan emish. Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi, - desa afandi:
— Seni nima ishing bor, - deb javob qilibdi.
Biroz vaqt oʻtib haligi yoʻlovchi qaytib oʻtayotsa, afandining mushugi oʻlib qolib. Afandi tepasida yigʻlab turganmish.
Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Men sizga aytgandimku, mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi deb. Gapimga kirmadingiz. Mana ahvoli! - desa. Afandi yoʻlovchiga qarab:
— Mushugimni yuvganda oʻlgani yoʻq. Tezroq qurisin deb yaxshilab suvini siqgandim, oʻlib qoldi, - dermish.
Tez yordam mashinasi katta yoʻlda bir itni urib yuboribdi.
It oʻlib yotsa, atrofiga odamlar toʻplanib ketishibdi. GAI xodimi nima qilishini bilmay, tez yordam mashinasidagi vrachga:
— Siz ayting. Odamlar tarqalishsin! – desa, vrach:
— Bu yerda faqat marhumning yaqinlari qolsin. Qolganlar ketaversin, - degan ekan.
Uchta baliq choʻmilgani borishibdi. Ikkitasi choʻmilayotsa, uchinchisi suvga tushmasdan oʻtirganmish.
— Sen nega choʻmilmayapsan? - deb soʻrashsa, baliq:
— Meni kupalnigim qolib ketibdi, - dermush.
Puli yo‘q odam restorandan kabobni hidini hidlab-hidlab qaytib keladi.
Tishi yo‘q bo‘ri ham qo‘ylarni atrofini aylanib-aylanib qaytib keladi.
Ikki qo‘shni gaplashib o‘tirishgan ekan:
— Nega sizni uyingizdan doim mushukni qattiq chinqirib miyovlashi eshitiladi?
— Men uni cho‘miltiraman.
— Men ham o‘zimni mushugimni cho‘miltiraman. Lekin unaqa miyovlamaydi-ku!
— Siz uni suvini siqasizmi?
O‘rmondagi hayvonlar zerikib, odamlarga o‘xshab "Gap" yeyishmoqchi bo‘lishibdi.
Hamma yig‘ilib, qura tashlashibdi. Birinchi bo‘lib “Gap” boshlash sherxonga tushibdi. Keyingi navbat quyonga to‘g‘ri kelibdi.
Kelasi hafta shanba kuni sherxonni gapiga hammasi yig‘ilishibdi. Sherxon ham sherligini qilib, har bir hayvonga 1 litrdan aroq quyibdi. Gap-gapga qo‘shilib, rosa ichishibdi. Tun yarmiga borganda aroq tugab qolibdi. Bo‘ri sherxonga qarab:
— Sherxon, gap-gapday bo‘lsin. Yana biror litr topgin, - debdi.
Sherxon bo‘lsa:
— Men-ku aroq topaman. Gazak yuq-ku!? - debdi.
Bo‘ri:
— Olib kelaver! Gazakni toparmiz..., - debdi.
Sherxon yana 1 litr aroq olib kelibdi. Keyin nima bo‘lib o‘tganini eslay olmasmish.
Ertalab turishsa, quyon ko‘rinmas emish. Hammasi quyon ularni uyg‘otmay ketib qolgan deb o‘ylashibdi.
Oradan 1 hafta o‘tib, “Gap” berish navbati quyonga kelibdi. Quyonni uyiga
borib, eshigini taqillatishibdi. Eshikni quyonning xotini ochibdi.
Bo‘ri:
— Ering qani? – desa, xotini:
— O‘tgan hafta “Gap”ga ketgandi, qaytib kelmadi... – dermish.
Bir kuni afandi do‘sti bilan gaplashib qolibdi:
— Bilasanmi do‘stim, eng katta baliq qaysi?
— Kit, - debdi afandi.
— O‘sha kitdan to‘rttasini ovlaganman, - deb maqtanibdi do‘sti.
Biroz turib yana:
— Eng katta ayiq qaysi? – so‘rabdi do‘sti.
— Oq ayiq, - javob beribdi afandi.
— Oq ayiqdanam to‘rttasini otganman, - debdi do‘sti.
Jahli chiqqan afandi “Shoshmay tur” deb:
— O‘lik dengizni bilasanmi do‘stim? O‘sha dengizni men o‘ldirganman, - degan ekan.
Qish. Izg‘irin sovuq. Qor yog‘yapti. O‘rmonda jahl otiga mingan ayiq u yoqdan bu yoqqa chopib qichqirardi:
— Nima uchun sentyabrda qahva ichdim-a?!
E’lon:
"Tishi yo‘q it sotiladi. Tishi yo‘q ekan demang! Tomoqdan bo‘g‘ishni biladi".