Bir kuni ikkita ilon gaplashib turgan ekan:
— Biz juda zaharlimizmi?
— Ha, judayam! Zaharimiz o‘limga olib keladi.
— Unda men o‘lar ekanman. Tilimni tishlab oldim.
Tovuq bedanaga maqtanib:
— Meni tuxumim 500 so‘m, seniki 300 so‘m. Meni tuxumim senikidan kattaroq...
Sen ham menga o‘xshab 500 so‘mlik tug‘sang bo‘lmaydimi? – desa, bedana debdi:
— Endi..., 200 so‘m uchun jonimni og‘ritib nima qilaman?!
Afandi bozordan ikki qop tuz olib eshagini ustiga ortib, o‘zi ham minib kelayotsa, yo‘lda ko‘rganlar “Hoy afandi, insofing bormi? Ikki qop tuz, yana o‘zing ham minib olibsan! Rahming kelsin”, desa, “Ha to‘g‘ri aytasiz birodar deb eshakdan sakrab tushib, eshakdan qoplarni yelkasiga ortib, qayta eshakka minib ketibdi.
Bir odam to‘tiqush sotib olib:
— Xo‘sh, menga o‘xshab gapira olasanmi?, - deb so‘rasa, to‘tiqush haligi odamga qarab:
— Men-ku gapirishni bilaman. O‘zing-chi, uchishni bilasanmi?, - dermish.
Ikkita turist o‘rmonda aylanib yursa, oldidan bahaybat ayiq chiqib quvlab ketibdi. Qo‘rqqanidan qochib ketayotgan turistlar, o‘rmonda ziyofat qilib o‘tirgan o‘zbek yigitlarini dasturxonini vayron qilib o‘tib ketishibdi. Shunda o‘zbeklardan biri turistlarni quvlab ketibdi. Ularga yetib olib, bir mushtdan tushirib qaytib kelsa, boshqa o‘zbek so‘rabdi:
— Qani ular?
— Urib keldim. O‘zi nimadan qochishdi?
— Nimadan qochishganini bilmadim-u, lekin anavi jigarrang, katta sherigi ham bor ekan. Kaltakka chidar ekan, zo‘rg‘a yiqitdim, - dermish.
Aytingchi eringiz qizlarni izidan gap otib yurishiga qanday qaraysiz?
— Itim ham mashinalarni orqasidan yuguradi, yetib olib, rulga o‘tirib minib ketmaydi-yu.
Afandi daryoda cho‘milayotgan edi, to‘r tashlayotgan baliqchilarni ko‘rib qoldi. Afandi sho‘ng‘ib borib to‘rga kirdi. Baliqchilar to‘rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to‘rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o‘tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to‘rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko‘p yillardan beri baliq bo‘lib, to‘rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.
Ba’zi bir semiz qizlar ozish uchun diyeta tutib, turli hil o‘tlar va ko‘katlarni yeyishadi.
Agar o‘t yeb ozish mumkin bo‘lganda edi, sigirlar model bo‘lardi...
Uzoq yo‘lga yuradigan yuk mashinasi o‘tirgan haydovchi kosachadan ovqat yeyayotgan ekan, yonidan kuchuk o‘tib ketayotib:
— Salom og‘ayni! - debdi.
Haydovchini jahli chiqib:
— Qanaqasiga senga og‘ayni bo‘lay!? - desa,
— Kichkina uychada yashaysan, kosachadan ovqat yeyapsan, xo‘jayning ham bor bo‘lsa kerak...?! - degan ekan kuchuk.
Bir yosh cho‘pon o‘rtog‘iga qarab debdi:
— Agar nechta qo‘yim borligini aytsang, ikkalasini ham senga beraman.