Hayvonot haqida latifalar

Bir kuni buqa bilan sher pivo ichib o‘tirishsa, sherni telefoni jiringlab qolibdi:
— Allo, ha albatta! Hozir boraman, - debdi sher. Shunda buqa sherga qarab:
— Yana xotiningmi? Nega undan qo‘rqasan-a? Men xotinimdan umuman qo‘rqmayman! – debdi kerilib.
Shunda sher buqaga qarab:
— Meni xotinim sherxon bo‘ladi. Senikiga o‘xshagan sigir emas! – dermish.
Ikki it o‘rgatuvchi bir-biriga maqtanyapti:
— Meni Bobigim bir yil deganda andjanchaga raqsga tushishni o‘rganib oldi.
— Ha, xabarim bor! O‘tgan kuni Sharigim gapirib bergandi.
Bir maymun oyna topib olib: "Yuzim shunaqa bo‘lsa, osilib o‘lardim" dermish.
Ikkita mardikor boyni uyini kraska qilishayotsa, boyni qo‘shnisi chiqib:
— Kraskani menga sotinglar - debdi. Mardikorlar boyni otini labiga kraskadan surtishibdi-da, kraskani sotib yuborishibdi. Boy kelsa ish to‘xtagan. Mardikorlar dam olib o‘tirishibdi. Boy hayron bo‘lib:
— Nimaga ishlamasdan o‘tiribsizlar? - deb so‘rasa, mardikorlar otni ko‘rsatib:
— Kraskani otingiz ichib qo‘ydi - deyishibdi. Boy otiga qarasa, labi kraska. Shartta cho‘ntagidan to‘pponchasini chiqarib, otini otmoqchi bo‘libdi.
Mardikorlar boyni to‘xtatib:
— To‘xtang, axir ot kraskadan qimmat-ku! - deyishsa, boy:
— Senlar aralashma! O‘tgan yili bu la’nati ikki tonna sementni ham yeb qo‘ygan edi, - dermish.
Xo‘roz oshxona derazasidan mo‘ralab, mikroto‘lqinli pech ichida pishayotgan tovuqni ko‘rib debdi:
— Anavi yerda jo‘jalari qarovsiz qolgan. Bu bo‘lsa o‘yin-kulgu qilib, arg‘imchoq uchib yuribdi...
Shom paytida xiyobon ichidan uyga qaytayotgan ayolga kimdir:
— To‘xta! Yerga yot! Emakla! - debdi baqirib.
Qo‘rqib ketgan ayol buyruqlarni bajara boshlabdi.
Bir payt qarasa, bitta kishi kuchukchasi bilan shug‘ullanayotgan ekan.
Yarim tunda telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi:
— Allo, mabodo uyingiz yonidan qo‘ylar podasi o‘tib ketmadimi?
— Nima, sen orqada qolib ketdingmi?!
Ayiq, quyon va bo‘rini harbiy xizmatga chaqirishibdi. Yo‘lda uchchalasi voyenkomatga ketayotgan ekan. Ayiq aytibdi:
— Kelinglar, kelishib olaylik! Voyenkomni oldiga kim birinchi kirsa, u savollarni boshqalarga aytadi. Biz ham shu savollarga javob beramiz. Hammani javobi bir xil bo‘lsa, bir joyda xizmat qilamiz, - debdi.
— Osonroq xizmat - bu qurilish bataloni, - debdi bo‘ri.
Birinchi bo‘lib quyon kiribdi. Qaytib chiqib, shunday debdi:
— Voyenkom tankani, samolyotni, mashinani rasmlarini ko‘rsatadi. Bilmayman denglar. Keyin shkafni ichidan g‘isht olib stolga qo‘yadi. Bu g‘isht deb aytinglar. Shunda hammamizni qurilish botaloniga yozadi. Birga xizmat qilamiz.
Bo‘ri kirib-chiqib, — Hammasi joyida, qurilishga, - debdi.
Ayiq kirib ketibdi. Ichkarida voyenkom ayiqga savollar beribdi. Rasmlarni ko‘rsatibdi. Ayiq bilmasligini aytibdi. Voyenkom endi o‘rnidan turib, shkafga qarab ketayotsa, — G‘isht bor, g‘isht bor!, - deb baqiribdi ayiq. Voyenkom bo‘lsa:
— Qoyil senga! Seni qobiliyating bor ekan. Sen razvedkaga borasan, - debdi.
Sher o‘rmondagi barcha hayvonlarni to‘plab:
— Bundan keyin hammangiz o‘zingizga sherik topib, bir-biringizni himoya qilib yuring. Sizlarni hammangizni himoya qilib yurishdan charchadim, - desa
Quyon:
— Sherga kimdan-kim g‘ing desa, o‘zim adabini beraman, - dermish
Bir ayol e’lonlar agentligiga murojat qilibdi:
— Iltimos saytingizga e’lon joylashtirsangiz. Kuchuk bolasi yo‘qolib qoldi. U hali juda-yam kichkina...
— Surati bormi?
— Ha, mana!
— Axir bu erkak kishini rasmi-ku...?
— Bu meni erim. Yo‘qolgan kuchukchamiz uning qo‘llarida turibdi. Yaxshilab qarang, ko‘rasiz!