Internet haqida latifalar

So‘nggi yangiliklarning eng ishonchli manbaalari:
1. Telegram.
2. Instagram.
3. Feysbuk.
4. Mahalladagi xotinlar.

Bir ayol mushugini sotish uchun olx.uz ga e’lon joylashtiribdi:
"Sog‘lom, chiroyli, aqlli, egasiga vafodor mushuk sotiladi. Beshinchi martta sotyapman!"
Uchta IT-dasturchi farzandlari bor onaxon asabi "joyida" birorta tanishidan internetdan foydalanishni o‘rganmoqchi ekan.
— Dugonajon, chatda nima qilyapsan?
— Erni qidiryapman.
— O‘zingga umr yo‘ldoshni chatdan qidirib topmoqchimisan?
— O‘zimni erimni qidiryapman!
30 yoshga to‘lgan yigitlarni 20 yoshli yigitlardan farqi shundaki, og‘aynilar bilan choyxonada o‘tirish uchun 1 hafta ham telegramda kelisha olishmaydi...!
Yigit telefonidan telegram, instagramga kirib o‘tiraverib, qayerda ekani, qancha vaqt o‘tirganini ham esidan chiqarib qo‘yibdi. Bir payt eshik taqqillabdi.
— Kiravering, eshik ochiq, - debdi.
Birozdan keyin yana taqqillabdi.
— Kiravering dedim-ku, - javob beribdi yigit.
Eshikni orqa tarafidagi ovoz:
— Chiqsang kiramanmi!? Xojatxonaga kirganingga 2 soat bo‘ldi, - debdi.
"Dunyoda tinchlik!" jumlasini insonlarga sodda tilda tushuntirish uchun musobaqa e’lon qilinibdi. Internetda 200 ta jumla orasida eng ko‘p ovoz to‘plagani - "Bolalar uyquda!" jumlasi birinchi o‘rinni olibdi.
— Qizim, idish-tovoqlarni yuvib qo‘ygin!
— Charchadim oyijon...
— Wi-Fi ga pul to‘lashdan men ham charchadim...
— Qaysi idishlarni yuvishim kerak?
Bir ayol "Erim-vatanimdir!" deb post qo‘yibdi.
Kommentariyda "Vatan - barchamizniki!" deb yozib qo‘yilgan ekan.
Ishga kirish uchun suhbat:
— Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
— Internet ishlab tursa, har qanday sohada mutaxassisman!