Internet haqida latifalar

Tasavvur qiling! Agar daraxtlardan Wi-Fi tarqatilganida edi... Hamma daraxt ekishni boshlab yuborardi. Shahrimiz yam-yashil daraxtzorga aylanib, ekologik muammolardan ham xalos bo‘lar edik.
Afsuski, bu daraxt deganlari kislorod tarqatishdan boshqasiga yaramaydi-da...!!!
“Microsoft Word” dasturi familiyangiz ostiga qizil chiziq tortmay qo‘ydimi, demak, siz chindan ham juda mashhursiz!
— Do‘stim, statusingni emas hayotingni o‘zgartiradigan vaqt keldi!
— Zo‘r gap aytding! Shoshmay tur, shuni statusimga qo‘yib olay...
— Oʻrtoq, eshitdingmi? “Alibobo va qirq qaroqchi” ertagini zamonaviy talqini chiqibdi.
— Yoʻgʻ-ye! Qanaqa ekan?
— Qaroqchilar boylardan olib qoʻygan tilla va mol-mulklarni oldida selfiga tushib, instagramlariga joylashayotgan emish.
Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p o‘tirgan ota farzandli bo‘libdi. Farzandi ulg‘aygach, otasidan so‘rabdi:
— Ada, meni ismimni kim qo‘ygan?
— Tvitter, telegram, instagramm, ...
— Kim u qarindoshlarimizmi? Nega ular uyimizga kelishmaydi?
Ikki sevishgan suhbatidan. Yigit:
— Seni shunchalik sevaman-ki, sen istagan narsangga aylanishim mumkin!
— Unday bo‘lsa, tez ishlaydigan internet bo‘la olasizmi?
— Tez ishlaydigan internet???
— Bilardim shunaqaligingizni...!
Uyqu Wi-Fi ga o‘xshaydi. Ko‘chada, ishda, o‘qishda bizni topadi. Lekin kechqurun o‘rnimizga yotganimiz zahoti, “Tochka dostup ne naydeno” bo‘lib qolaveradi.
Feysbuk - aqlga o‘xshaydi.
Hammada bor. Lekin kimlardir ishlatyapti, kimlardir yo‘q...!
Yoki Telegrammga o‘xshaydi. Ba’zan ishlamay qoladi.
Yosh qiz telefoniga qarab o‘tirsa, buvisi yoniga kelib:
— Shu telefoningni doim qo‘ldan qo‘ymaysan. Nimalar qilasan? – debdi.
Qiz javob beribdi:
— Qarang buvijon, mana bu onlayn do‘kon. Bu gruppalardan ko‘ylaklarni buyurtma qilsa bo‘ladi. Uygacha olib kelib berishadi. Men mana bularni buyurtma qildim...
Buvisi:
— Bolam, shuncha tungi ko‘ylaklarni nima qilasan? – desa, qiz:
— Buvijon, bu tungi ko‘ylaklar emas! O‘qishga kiyib boradigan ko‘ylaklar-ku axir!!! – dermish.