Internet haqida latifalar

Ishdan qaytgan er xotinidan so‘rayapti:
— Bugun nimalar qilding?
Xotin:
— Kir yuvdim, ovqat pishirdim, derazalarni yuvdim, uylarni tozaladim. Mana kiyimlarni dazmollab o‘tiribman. Agar ertaga internetga pul to‘lab kelmasangiz, uyga kiritmayman!!!
Internetda yosh qiz:
— Abror aka, men sizga turmushga chiqishga roziman. Biz dunyodagi eng baxtli oila bo‘lamiz!
Yigit:
— Nimalar deb valdirayapsiz?! Axir men bor-yo‘g‘i sizni rasmingizga "Klass" bosdim-ku!?
Ish vaqtida ijtimoiy saytlarda, telegramda o‘tirishning katta foydasi bor.
Yon tomondan ko‘rish, eshitish, reaksiya, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantiradi.
Hozir 3 yoshli bolakaylar kompyuterda ishlashni, selfi suratga olishni bilishadi. Men-chi, shu yoshimda qora saqichni chaynab, magnitofonda kasseta eshitib yurardim.
— Munosabatlarimiz qiyin davri boshlandi sezyapsizmi?
— Qanday ekan?
— Bir birimizga layk bosamizu, lekin yozmaymiz...
Bemor:
— Doktor meni jigarim og‘riyapti
Shifokor:
— Hozir tekshirib ko‘ramiz, birontasi bilan urushganmidiz?
Bemor:
— Ha, kecha 5tasi bilan urushgandim.
Shifokor:
— Ana bo‘lmasam o‘zingiz nozik bola ekansiz qanday urushdingiz?
Bemor:
— Hamma qatori.
Shifokor:
— Qayerda urushdinigiz?
Bemor:
— Gruppada!....
Instagramm 80 yoshida qanday ko‘rinishda bo‘ladi, bilasizmi?
Qo‘lida kenja nabirasi yoki yelpig‘ich..., kelin damlab bergan choyni ichib o‘tirgani, nafaqa pulini olayotgani, 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan tarqatilayotgan oshga taklifnomaning surati, sun’iy tishlarning rasmi, ...
Internet shu shaklda ommalashib borsa, bir necha yildan keyin qabr toshlarida: "1930 yil: online - 2025 yil: offline", - degan yozuvlar bo‘lishi mumkin.
Bir kishi “Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo‘lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo‘limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o‘tibdi va unga deyishibdi:
— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul qilamiz. Bizga o‘z e-mail'ingizni qoldiring, ish jadvali haqida ma’lum qilamiz.
— Kechirasiz, mening kompyuterim yo‘q,– debdi boyagi kishi, – elektron pochtam ham yo‘q.
— Afsuski, u holda sizni ishga qabul qilolmaymiz. “Microsoft”ning barcha xodimlari bilan e-mail orqali aloqa qilamiz va ishimizning asosiy qismi kompyuterlar bilan bog‘liq. Shuning uchun sizni ishga ololmaymiz. Bechora kishi tashqariga yo‘l olibdi va kompyuter uchun qanday qilib pul topishni o‘ylay boshlabdi. Cho‘ntagida atigi 30 dollar puli bor ekan. Qarasa, nariroqda bir fermer bog‘idan terib kelgan olmalarini sotayotgan ekan. U 10 kilo olma sotib olibdi va gavjum ko‘chalardan biriga borib olma sota boshlabdi. Ikki soatda uning puli ikki barobar, olti soatdan keyin esa 10 barobarga ko‘payibdi. U “Microsoft”ga ishga kirmasdan ham yashash mumkinligini tushunibdi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak avtomobil sotib olibdi, avvaliga kichik do‘kon, keyinroq magazin ochibdi. Besh yildan keyin supermarketlar tarmog‘ini tashkil qilibdi.
Shundan so‘ng u biznesini sug‘urta qildirmoqchi bo‘libdi, sug‘urta agenti esa undan elektron pochtasini qoldirishni so‘rabdi.
Biznesmen xuddi bir necha yil oldingi singari unda e-mail ham, kompyuter ham yo‘qligini aytibdi.
– Qoyil! – debdi sug‘urta agenti, – kompyuteringiz yo‘q bo‘la turib shunday biznesga ega ekansiz! Agar kompyuteringiz bo‘lganida, kim bo‘lardingiz ekan?!
Biznesmen unga jilmayib javob qaytaribdi:
– U holda “Microsoft”da farrosh bo‘lardim.
Internet orqali yozma suhbat:
— Isming nima?
— Tumanoy.
— Boshing bilan klaviaturaga urilib ketdingmi, yoki rostdan ham shunaqa ism bormi?
— Bor, ishonmasang ana ism.uz dan ko‘r.