Internet haqida latifalar

Bemor vrachga kelib debdi:
— Doktor menga yordam bering. Fikru hayolim faqat telegramda, kunduzi ham, kechasi ham gruppadaman! Nima qilay, maslahat bering...
Vrach:
— Bu jiddiy kasallik. Yuring, siz bilan lichkada gaplashamiz.
Yakin kunlarda telegram gruppalarida:
Agar meni yoqtirsang, menga kulib turgan (odamcha) smaylik yubor!
Agar menga yoqishni istasang, menga yurakcha rasmini yubor!
Agar meni sevsang, hisobimga pul tashlab yubor!
Antiqa paytda yashayapmizda. Statuslarni aytaman. Ularni o‘ylab o‘zi to‘qib yozadiganlar ham bor, tarjima qiladiganlar esa ko‘proq. Birov yozganini uxlatib o‘zini sayt, gruppa, kanaliga qo‘yadiganlar esa ulardan ham ko‘proq. O‘qib klass, layk bosib shaxsiy sahifasiga qo‘yadiganlar yanayam ko‘proq.
Biroq... O‘sha aqlli gaplarga, foydali nasihatlarga amal qiladiganlar juda oz. Netdagi hayotimiz quruq gapga aylanib bormoqda. Amerikaliklar tili bilan aytganda "Bla, bla, bla..."
Telegrammdagi suhbatdan:
— Sevgan qizingiz bormi?
— Yo‘q.
— Unday bo‘lsa, biron yerda uchrashib, tanishib olsak bo‘lar ekan.
— Afsuski, buning iloji yo‘q...
— Sabab?
— Xotinim ruxsat bermaydi.
O‘g‘li onasiga:
— Oyi nimaga mani "chernыy" ga qo‘shib qo‘ydiz?
— Eeye, o‘g‘lim sendan har hil spam kelayapti—da...
— Qanaqa spam?
— «Menga Paynet'dan 10 ming tashavoring», «Kinoga 20 ming berib turing»...
Shu, odnoklassniki, telegramm chiqqanidan beri, ko‘pchilik yoshlar o‘qish va yozishni o‘rganib olishdi!
Internet provayder saytiga savol bilan murojat qilishyapti:
Yoshim 20 da. Cheksiz internet cho‘ntakbop narxga paydo bo‘lishi ehtimolligi qancha?
— Allo, bu MChSmi?
— Ha...
— Meni bu yerdan chiqishimga yordam beringlar?!
— Qayerdan?!
— INTERNETDAN... "Telegram-Odnoklassniki—Instagram"lardan chiqarvoringlar... Qutqaringlar...
Virtual nikoh. Tolibi ilm shogird piru komil ustozdan so‘radi:
— Ustoz, agar oshiq o‘zining ma’shuqasiga telefonning telegramxonasidan, anga o‘zini bag‘ishlashini so‘rab uch marta yozsayu, ojiza aning yozuvig‘a javob qilib rozilig‘ini bitsa nikoh hosil bo‘lurmu?
Piru Komil ustoz o‘ylab javob berdi:
— Agar zaifa ham o‘nlayn rejimda turg‘on ersa, hosil bo‘lur, zero megabaytning puli mahr o‘rnig‘a ham o‘tur.
— Ada, qornim ochdi.
— Oyinga Telegram'da yoz, kelib ovqatlantirib ketadi.