Internet haqida latifalar
“Men Telegram safiga kirar ekanman, so‘nggi zaryadim tugaguncha, oxirgi megabaytimni ham sarflab onlayn bo‘lishga, Spam bo‘lsam ham ''Deleted account '' qilmaslikka va’da beraman. Agar amal qilmasam ''Sonnecting ''ga mubtalo bo‘lay!”
Internetga ham ishonch qolmabdi!
— O‘g‘lim, yangiliklarni o‘qishni bas qil! Kompyuterni o‘chirgin-da, dars qilishni boshla!
— Oyijon, axir men tarix fanidan “Rim imperiyasini qulashi” mavzusini o‘qiyapman-ku!
— Doktor, men internetga juda qattiq bog‘lanib qolganman. Hecham undan ajrala olmayman. Agar shu kasalligimni davolasangiz, doim sizni xabarlaringizga “Layk” bosib turishga va’da beraman.
— Kompyuterimni aslo yoqa ko‘rma! Agar yoqsang, kayfiyating buzilishi aniq!
Tabiiyki, xotini kompyuterni yoqib ko‘rgan...
Er safardan qaytsa, ostonada g‘azab bilan xotin kutib turibdi.
— Kompyuterimga tegibsan-da baribir...!? – debdi er.
Xotini javray boshlabdi:
— Ha, kompyuteringizni yoqib, behayo suratlar, ma’shuqangizga yozgan xatlaringizni qidirdim. Shuncha vaqtim ketdi. Birortasini ham topa olmadim, umuman yo‘q!!!
— Shunga kayfiyating yo‘qmi?
— Ha!
— Men senga nima degandim!?
Bola:
— Eshik ochiq.
Bir pasdan keyin, eshik yana taqillabdi.
Bola:
— Eshik ochiq, kiravering dedim-ku, — desa.
Adasi eshikni ochib:
— Tur-eee, padaringa la’nat hojatxonaga kirganinga besh soat bo‘ldi, chiqsang kiramanmi?!
— Kech bo‘lib ketibdi-ku, og‘ayni meni katta yo‘lgacha kuzatib qo‘ysangchi, - debdi.
Yarim yo‘lga yetmaslaridan mehmon tomda turgan sharpani ko‘rib qolibdi. Sharpa huddi qiz bolaga
o‘xsharmishu, yuziga qanaqadir nur tegib turganmish. Mehmon:
— Og‘ayni orqaga qaytamiz, qara tomni tepasida vampir bor ekan, - desa
Og‘aynisi tomga qarab:
— Bu vampir emas, qo‘shnimizni qiziku. Telegram'ga kiraman deb antenna qidiryapti, - dermish