Internet haqida latifalar

Bir kun xotin eridan so‘rabdi:
— Dadasi nega uxlamadiz? - desa, eri:
— Instadaman, - debdi.
Shunda xotin:
— Unda meni yangi rasmimga layk bosib yuboring! - dermish.
Sevgan qizim bilan IMOda gaplashib o‘tiribman. U bir daqiqaga turib ketgandi, monitorda otasi ko‘rinib qoldi:
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
Vrach qabuliga kirgan qari otaxon shikoyat qilmoqda:
— Bolam, mazam yo‘q! Bittasini yuklayman, ikkinchisini yuklayman, uchinchisini yuklay boshlaganimda tobim qochadi...
Vrach hayron bo‘lib:
— Otaxon, men yosh bo‘la turib shuncha kuchim yo‘q. Siz nega og‘ir yuk tashib yuribsiz? – debdi.
Otaxon:
— Qanaqa yuk? Men internetdan filmlarni yuklab o‘tiraman!
— Og‘ayni, xotinim bilan urishib qoldik.
— Nima bo‘pti? Biz ham janjallashib turamiz.
— Sizlarda kim birinchi bo‘lib gapiradi? Xotiningmi yoki senmi?
— Albatta, xotinim.
— Qanday qilib?
— Uydagi modemni sekin o‘chirib qo‘yaman. Xotinim darrov “Internetni tuzatib bering” deb yalinib keladi.
Selfiga tushgan ikki dugona suratga qarab turib, biri debdi:
— Voy, xunukligini qara! Bo‘lmaydi! Qaytadan tushamiz!
Ikkinchisi:
— Sen yaxshi tushgansan! Meni qarasang-chi... – desa, dugonasi:
— Men shundoq ham sen haqingda gapiryapman, - dermish.
O‘g‘li kompyuter oldidan hech ketmayotganini ko‘rgan onasi oshxonada turib unga debdi:
— Kelaqol o‘g‘lim, ovqat tayyor!
— Hozir oyijon, hozir.
Onasi yana unga:
— Kelaqol endi, ovqating sovib qoladi...
O‘g‘li o‘rnidan turib oshxonaga kirib borsa, onasi tezgina yugurib borib, kompyuter oldiga o‘tiribdi-yu, xursand bo‘lib o‘ziga-o‘zi:
— Yana aldandi, laqma! – dermish.
— Allo, kompyuter ustaxonasimi?
— Ha, nima bo‘ldi?
— Kompyuterim ishlamay qoldi.
— O‘zingiz ichini kavlab ko‘ring.
— Shunday qilsam, ishlab ketadimi?
— Yo‘q! Bizga ish ko‘payadi. Daromad ham!
"Google"dan izlashga berilgan g‘alati so‘rovlar:
— Ko‘zi g‘ilay odamni qaysi ko‘ziga qarab gapirish kerak?
— 1 aprel hazillaridan keyin asabni qanday tiklash mumkin?
— Pasportdagi avatarkani (suratni) qanday almashtirish mumkin?
— U menga yozishi uchun qanday status qo‘yganim ma’qul?
— Vampirni men birinchi bo‘lib tishlab olsam nima bo‘ladi?
— Men yo‘g‘imda naushniklarimni kim chigal qilib qo‘yadi?
Savol: Internetda suhbatdoshingizni ensasi qotganini qanday bilsa bo‘ladi? Axir yuzi ko‘rinmaydiku!
Javob: Hozir odat bo‘lgan biror gapga "Hmm" deb javob berish. Shu so‘zdagi “M” lar soniga qarab ensa qotish darajasini bilib olaverasiz..
Hmmmmm....
Xotin eriga:
— Dadasi, mundoq o‘g‘lingizga gapirsangiz-chi... Kuni bo‘yi internetdan boshini ko‘tarmaydi.
Eri:
— Xotin, o‘zing aytaver. O‘g‘ling meni “chyornыyga solib qo‘ygan”...