Internet haqida latifalar

Har kuni kompyuterimdan Gugl xotirasini o‘chirib turaman.
Kasbimga oid bilimlarni internetdan qidirib topayotganimni hech kim bilib qolmasligi kerak.
Qaynonaning xasrati:
Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying" deyishyapti. Tushunolmadim...?!
Qo‘ng‘iroq qilsang, "Eshitmabman", "Telefonim yonimda emas edi" deyishadi.
Telegramdan yozsang, darrov o‘qishadi.
Agar qo‘l telefoningizni quvvati ish kunining oxiriga kelib 95%ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak shu kuni rostan ham ishlangansiz.
Uyda Wi-FI ishlamay qoldi. Hozir borib idishlarni yuvaman, kirlarni yuvaman, uy tozalayman, kechki ovqatni tayyorlayman, ...
Iye, ana bo‘ldi! Ishlab ketdi!