Internet haqida latifalar
"Man hozir sayohatdaman. Zarur bo‘lib qolsam www.latifa.uz saytidan topasiz" deb yozilgan ekan.
Akusher:
— Mana, to‘qqiz oydan so‘ng ona bo‘lasiz!
Ayol:
— Nimaga to‘qqiz oy? Namuncha uzoq? Ikki oydan so‘ng iloji yo‘qmi?
Vrach hayratlanib:
— Buni aslo iloji yo‘q! Tabiat qonuni shunaqa. Ona farzandini to‘qqiz oyda dunyoga keltiradi, ikki oyda emas...
— Tabiatni tinch qo‘ying! Tajribasiz ekaningiz ko‘rinib turibdi. Biz tanlov o‘tkazib, ikki oyda ishni bitiradigan pudratchi topamiz. Xayr! Feysbukda "Potrebitel"ga siz haqingizda salbiy fikrlar yozib qoldiraman.
Endi ona qizim, har bir qiz o‘z uyiga “Gosti”. Shunday ekan, senga aytar Statusim: Kuyovnikiga borganda “Zakrыt Profil” bo‘lgin. Eringdan boshqasi senga “Drujba” tashlasa “Ignor” qilgin. Eringni kamchiliklarini hamisha “Nevidim” qilgin. Qaynota-Qaynonangni har bir gapiga “Klass” deb turgin. Uydagi “Soobsheniya” va “Obsujdeniya”larni bizga va ko‘chadagilarga aslo “Kopiravat” qila ko‘rmagin. Qo‘shnilaringga “Druzya” bo‘l! Qaynopalaring bilan esa “Luchshiye Druzya” bo‘lgin. Har bir qiliqlariga “Layk” deb turgin. Ularning “Chyornыy spiska»siga aslo tusha ko‘rmagin!
— Qamoqdami?
— Yo‘q. Telefonni titkilab.
Gugl:— Men istalgan narsani topa olaman!
Feysbuk:— Men hammani taniyman!
Internet: — Baribir mensiz hechkimsizlar!
Elektr: — Ovozlaringni o‘chirasanlarmi, yo‘qmi?!...
“Uyda chiroq o‘chib qoldi. Oilamdagilar bilan gaplashishga vaqtim bo‘ldi. Ukam o‘qishga kiribdi. Singlim turmushga chiqib ketibdi. Ota-onam qarib qolishibdi. Negadir buvim ko‘rinmayaptilar?!”
— Nimaga sen o‘rtog‘ingdan ko‘chirding?! U o‘zini tomdan tashasa, sen ham tashlaysanmi?! desa,
— Yo‘q ustoz! O‘lay agar "Siniy kit" o‘ynamaganman, - degan ekan.