Ishxona haqida latifalar
— Yoʻq, men uylanmaganman. Ammo buyruqqa soʻzsiz boʻysunaman… Armiyada oʻrgatishgan.
— Xotiningiz telefonda iltimos qilyapti.
— Iltimos qilyapti? Unda bu mening xotinim emas!
— Kecha bayramda kim ichdi? - deb savol bersa, hech kim indamabdi. Boshliq yana:
— Yana bir marta so‘rayman, kecha kim ichdi? Yana hamma jim.
— Oxirgi martta so‘rayapman. Kecha kim ichdi, - desa, bir xodim o‘rnidan turib, qo‘rqib:
— Men ichgandim, - desa, boshliq
— Siz men bilan yuring! "Bosh og‘riq" qilamiz. Qolganlar ishini qilsin! -dermish.
— Avval juda yaxshi joyda ishlagan ekansiz. Ayting-chi, nega bo‘shagansiz? - deb so‘rashsa, yigit:
— Siz o‘zingiz ayting-chi, avvalgi ishchingiz nega bo‘shab ketgan?
— Balki unga mashina sovg‘a qilarmiz?!
— O‘tgan yili sovg‘a qildik-ku...
— Balki yaxta sovg‘a qilarmiz?!
— Ikkita yaxtasi bor-ku, nima qiladi uchinchisini...!
— Balki bir kunga navbatchilikda bir o‘zini qoldirarmiz?
— Ha yo‘q...! Bu juda katta sovg‘a bo‘ladi!!!
— Qaysi tugmasini bosish kerak?
— Qizil tugmani bosing, - debdi kotiba.
Qog‘oz maydalanibdi. Shunda boshliq kotibaga qarab:
— Shu hujjatdan yana bitta nusxa chiqarish kerak, - dermish.
— Egnimdagi ko‘ylak sizga yoqdimi? - deb so‘rayveribdi, so‘rayveribdi...
Beshinchi marotaba so‘ragach, haligi erkak chiqday olmay:
— Keling, shu "masalani" yechib qo‘ya qolaylik! - degan ekan.
— Ijobiy xislatlaringiz?
— Qat’iyatlilik!
— Mayli boravering. O‘zimiz siz bilan bog‘lanamiz!
— Rahmat. Shu yerda kutib turaman...
— Hisobchimiz qaytganidan keyin.
— Nima, u kasalmi?
— Yo‘q, qidiruvda!
— Ismingiz nima?
— Sharofat.
— Onamga adash ekansiz, mayli sizni o‘ldirmaymiz, deb o‘g‘ri 2—xodimdan ismini so‘rabdi.
— O‘zi ismim Qulpiddin. Ammo o‘rtoqlarim "Sharofat" deb chaqirishadi, dermish xodim qaltirab...