Ishxona haqida latifalar
— Korxonangiz yopilayotgan emish... Eshitdim!
Eri:
— Kim aytdi senga buni? Qayoqdan topasan shunaqa gaplarni?!
Xotini:
— Mahalladagi ayollar gapirishdi...
Eri:
— O‘sha g‘iybatchilarni gapiga ishondingmi? Gapiraveradi-da!!!
Ertasi kuni ishdan kayfiyati yomon kirib kelgan eri xotinini chaqirib dermish:
— Borib mahalladagi ayollardan bilib kel-chi, meni endi qayoqqa ishga o‘tkazishar ekan?!
— O‘zingizni kuchli sifatingizni aytib bering?!
— Qat’iyatlilik!
— Juda yaxshi. Sizga kelgusi haftada qo‘ng‘iroq qilamiz.
— Keragi yo‘q. Ungacha men o‘zimga boshqa ish topib bo‘laman.
— Siz menga adashib, 50 ming kam berdingiz!
Kassir:
— O‘tgan safar sizga 50 ming ko‘p berib yuborgan ekanman. Nega o‘shanda adashganimni aytmadingiz? - desa, ishchi dermish:
— Bir martta adashsangiz mayli, kechirdim. Ikkinchisiga qarab tura olmayman-ku!!!
"Botir va Akmaljonlarning nikoh to‘ylari bilan tabriklaymiz"!!!
— Bas qil qizim! Sakkiz yildan beri gapni shundan boshlaysan! Vrach bo‘lib ishlaysan-ku axir.
1. Boshliq hamisha haq.
2. Boshliq kech qolmaydi, ish yuzasidan ushlanib qoladi.
3. Boshliq xodimalarga tegajoqlik qilmaydi, ularga e’tibor qaratadi.
4. Boshliqni xonasiga o‘zingni g‘oyalaring bilan kirib, boshliqni g‘oyalari bilan chiqishing kerak.
— Ishxonada uxlashga balo bormi?...
— Rahbarimiz hammani ishdan bo‘shatyapti.
— Sen havotir olma, rahbaring xotini bilan ajrashdi. Bo‘shayotganlar uning qarindoshlari.
Voy! (Uyg‘onib ketib...) Iye, ishxonada ekanman-ku... Ko‘rgan tushim qurib ketsin...!
— Xo‘jayin, kompaniyamiz yaxshigina pul tejash yo‘lini o‘ylab topdim!
Boshliq:
— Toshmat, ishdan bo‘shashga qaror qildingmi?!