Ishxona haqida latifalar

Boshliqning kotibasi:
— Aziz Qodirovich, boyadan beri telefon jiringlayapti. Sizni so‘rashyaptimi yoki menimi bila olmayapman...
— Bu nima deganingiz???
— Go‘shakni ko‘tarsam, "Dangasani mumkinmi?" - deyishadi. Bilolmayapman, sizga ulab beraymi yoki o‘zim gaplashaymi...
Rahbariyat oylik ish haqqini kamaytirmaydi. Haqiqiy baxt pulda emasligini bot-bot ta’kidlab turadi.
Xodimi o‘z boshlig‘idan ruxsat so‘ramoqda:
— Javob bering iltimos, mening tog‘am kasalxonada ekan. Boshliq unga raxmi kelib javob beribdi.
Ishdan so‘ng stadionga tushgan boshliq u yerda o‘z xodimini uchratib qolibdi.
— Iye, sen tog‘angni oldiga kasalxonaga borishing kerak edi-ku?!!
— Hozir xo‘jayin shoshmay turing, tog‘am mana shu o‘yinga hakamlik qilmoqda, o‘yin tugasin, keyin aniq kasalxonaga tushadi.
Boshliq:
— Toshmatboy, siz endi mening o‘ng qo‘limsiz!
Toshmat:
— Xo‘jayin, men o‘zimga yuklatilgan vazifadan biroz cho‘chiyapman...
Bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan dekret otpuskasiga chiqadigan ayollar ma’muriyatni kamida o‘n to‘rt oy avval ogohlantirishlari shart.
— Bizning korxonamizda faqatgina kerakli kadrlar faoliyat yuritishi kerak, - deb ta’kidladi «Qo‘ng‘iroqcha» fermasining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari yordamchisi ish yurutuvchisining kichik 3-razryadli kichik referent-kotibi.
Bir erkak ishxonasiga ko‘zi ko‘kargan holda kelibdi. Do‘stlari undan "nima bo‘ldi?", deb so‘rashibdi.
— Xotinim urdi!
— Nega?
— Senlaganim uchun...
— Ol-a, bu narsa uchun urmasa kerak?! Aslida nima bo‘ldi?
— To‘shakda yotuvdik. Xotinim "Biz anchadan beri birga bo‘lmay qo‘ydik, dadasi", dedi...
— Men esa "biz emas, sen", deb yuboribman.
Bir korxona boshlig‘i o‘ziga kotiba izlab e’lon beribdi, nomzodlar kelgach ularni suhbatdan o‘tkazib birinchi bergan savoli, "Yoningizda qaychingiz bormi?" deb so‘rarkan, lekin hech qaysi ishga joylashaman deb kelgan ayoldan kaychi chiqmabdi. Buni ko‘rgan boshliq yordamchisi so‘rab qolibdi,
— Boshliq kotibaga qaychi shunchalik shartmi, qaychini nima ahamiyati bor?
— Rosa ahamiyati borda, mana eski kotibam shu qaychisi yo‘qligi uchun ishdan bo‘shab ketdi.
— Qanday qilib?
— Bir kuni shimimni tugmasi uzilib ketgan ekan. Kotibadan tikib berishini iltimos qildim, tikib bo‘lib ipni uzmoqchi bo‘lib izladi qaychi topaolmadi, keyin tishlab ipni uzayotgan payti xotinim kelib qolgandida.
Xodim va rahbar:
— Siz o‘z vazifalaringizni juda yaxshi bajarayapsiz. Oshirishning vaqti keldi menimcha...
— Nimani? Maoshimnimi?
— Yo‘q, ish hajmini!
Erdan xotiniga SMS:
— Xotin, ishxonada oyog‘imga temir tushib ketdi. Maftuna shifoxonaga olib keldi. Endi oyog‘imni kesishar ekan...
Xotindan SMS:
— Maftuna kim?!